So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12183.01
    • RUB 126.26
    • EUR 12865.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Moda

    Erining xiyonati moda imperiyasiga asos solishiga sabab bo‘lgan Enne Burda hikoyasi

    06.09.2020, 17:45 27836

    Oddiy uy bekalaridan tortib moda ixlosmandlari va tanqidchilar tomonidan ham e’tirofga sazovor bo‘lgan, qimmat libos sotib olishga qurbi yetmaganlarga andoza asosida o‘z qo‘li bilan o‘ziga xos libos tikish imkonini bergan “Burda” jurnalining mashhur bo‘lishida germaniyalik Enni Burdaning roli katta va uning hayotida yuz bergan voqealar bilan bog‘liq. “Domashniy ochag” jurnali millionlab ayollarga ilhom bergan, hayotda o‘z o‘rnini topish uchun o‘rnak bo‘la oladigan ayol haqida hikoya qiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Onamdek bo‘lmayman”

    1909-yilda dunyoga kelgan Enne Magdalena Lemmingerning onasi bosiq, oilasi, farzandlari va eri uchun o‘zini bag‘ishlab, o‘z xohish va istaklari haqida hatto o‘ylab ham ko‘rmaydigan ayol bo‘lgan. Enneni yoshligidan bir savol qiynagan — inson qanday qilib bunchalik o‘zini qurbon qilishi mumkin?

    Namunali ona va rafiqa

    Katta hayotga qadam qo‘yayotgan bir vaqtda Enne qanchalik istamasin hayoti onasinikiga o‘xshab ketgan, zamonasidagi ayollar singari boshqa tanlovi bo‘lmagan. Monastirlik maktabining tijorat kursini tamomlagan Enne mahalliy elekrostansiyada hisobchi bo‘lib ishlay boshlaydi. Kunlardan bir kuni elektroenergiyaga to‘lov qilish uchun kichikroq bosmaxona egasi, kelishgan Frans Burda kirib keladi. Tarbiyali, yoqimli qiz Fransning yuragidan uradi, u ham o‘z navbatida qizda qiziqish uyg‘otadi va taqdir uchrashtirgan juftlik 1931-yilda munosabatlarini nikoh bilan bog‘laydi. Namunali rafiqa va uch bolaning onasi bo‘lgan Enne 20 yillik umrini uy yumushlari va oshxonadan chiqmaslikka bag‘ishlaydi. Tashqaridan qaraganda hammasi mukammaldek—unda hammada bo‘lishi kerak bo‘lgan uy, er va farzandlar bo‘lgan, lekin u yoshligi, mehr-muhabbati va umrini bag‘ishlagan turmush o‘rtog‘i Frans tomonidan qadrlanmaydi— eri unga xiyonat qiladi. Frans kotibasiga ilakishib qolgan, ularning nikohsiz tug‘ilgan farzandi ham bor edi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Enne hammasiga nuqta qo‘yganida Frans uni yoqtirib qolgan vaqtdagidek yosh va go‘zal bo‘lmagan. 40 yoshda hayotning yangi sahifasini ochish oson bo‘lmaydi. Lekin u o‘zini qo‘lga oladi. Birinchi bo‘lib ishni yaxshi advokat yollashdan boshlaydi va eri sevgilisiga sovg‘a qilib yuborgan jurnal va bosmaxonani tortib oladi. Jurnal hech qanday daromad olib kelmayotganiga qaramay, Enne uni turmush o‘rtog‘i undan kechib tanlagan ayolda qoldirishni istamagan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Mustaqil va muvaffaqiyatli

    Sevgan insoni tomonidan qadrsizlanish va xiyonat Ennega qattiq ta’sir qilgan va u hayoti o‘zi bir vaqtlar istamagan onasining hayoti singari zerikarli va ma’nisiz o‘tayotganini tushunib yetgan. Shundan keyin tikishni bilmasligi va jurnal nashri bilan shug‘ullanib ham ko‘rmaganiga qaramay, muvaffaqiyatga mustaqil ravishda erishishga va ayollarning chiroyli ko‘rinishiga yordam berishga ahd qiladi.

    Ishga boshi bilan sho‘ng‘ib ketgan Enne tikuvchilarni o‘zi izlab topib, ularning qanday ishlayotganini nazorat qilib turgan. Fotograflarni yollab, jurnal uchun eng yaxshi model va eng sifatli kadrlarni tanlagan. Jurnal dizaynidan tortib, kutyurlik va nashr faoliyatini ham yaxshilab o‘rgangan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Urushdan keyin Germaniya ayollariga bergan yordami

    Ayolning harakatlari bejiz ketmagan. 1950-yilda chiqarilgan “Burda moden” jurnalining yangi soni bir zumda xarid qilingan. Urush tafti hali ketib ulgurmagan Germaniya ayollari uchun mazkur jurnal ayni muddao bo‘lgan: endilikda ular ortiqcha xarajatsiz, sifatli andoza va didni uyg‘unlashtirib ham chiroyli kiyinishi mumkin edi.

    Urushdan keyin boshqa davlatlar qatori Germaniyaga ham oson bo‘lmagan, siyosiy va hokimiyatdagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish oqsagan, do‘kon peshtaxtalari bo‘shagan bir vaqtda salbiy jarayon va qiyinchiliklardan azob chekkan insonlar qalbi go‘zallik istagan. Enne esa mazkur vaziyat jilovini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan, jurnal adadi ikki yil ichida 100 mingdan 500 mingga ko‘tariladi, uning har bir soni chaqmoq tezligida sotilib ketadi.

    Erini kechiradi, lekin endi bu muhim emasdi

    Muvaffaqiyatga erishgan Enne endi o‘zini aldangan baxtsiz ayoldek emas, omadli biznesvumen, ayollar hayotiga yangi rang bera olgan tadbirkor sifatida his qila boshlaydi. U erini kechirib, eriga jazmani farzandi bilan shahardan chiqib ketish shart bilangina oilasida qolishga ruxsat beradi. Lekin endi hammasi avvalgidek emas, u farzandlari uchungina oilasini saqlab qolgandi. U boshini ishdan ko‘tarmay, dam olish kuni nimaligini bilmay ishlagan, agar o‘zinikiga o‘xshagan raqobatchi jurnal paydo bo‘lsa, ularni bitta qoldirmay sotib olgan. Jurnal SSSRga qayta qurish davrida 1987-yilda kirib kelgan. Bu vaqtga kelib “Burda” endi nafaqat puli yo‘qligidan andoza asosida ko‘ylak tikishni istaganlar uchun balki, ijodiy elita uchun ham sevimli nashrga aylangan. Jurnal ayollarga o‘z qo‘li bilan o‘ziga xos bichimli liboslarni tikish imkonini bergan.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Baxtiyor keksalik

    Enne Burda 90-yillarga qadar jurnalning bosh muharriri sifatida faoliyat olib borgan. Keyinroq esa o‘zining dam olishi kerakligini tushunib yetgan va sayohat qilishni boshlagan. Tashrif buyurgan mamlakatlarida uni qirolicha singari kutib olishgan, uning kiyinish uslubi barchani lol qoldirgan. 96 yoshida hayotdan ko‘z yumgan Ennening umr yo‘li boshqa ayollarga hayot zarbalarida sinmasdan, o‘zini qo‘lga olgan holda ko‘p narsaga erisha olishi va eng sara narsalarga arzishini anglashi uchun o‘rnak bo‘la oladi.

    Mavzuga doir: 

    • Trampning shaxsiy dushmani: Kamala Xarris kim va nima uchun hamma u haqda gapirmoqda?
    • “Brilliantlar qiroli”ning “qimmatbaho buyumlar saroyi” haqida
    • Xiyonatdan keyin oilasini saqlab qola olgan yulduzli juftliklar

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saida Mirziyoyeva jabrlanganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi

    Bugun, 21:32

    NRG kompaniyasi Andijonda yangi loyihani ishga tushurmoqda

    Bugun, 21:27
    Reklama

    Ispaniya sudi Nazarboyevlar mulkining bir qismini davlatga qaytarishni buyurdi

    Bugun, 21:21

    Superliga. “Paxtakor” “OKMK” bilan durang o‘ynadi, “Nasaf” “Olimpik”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi, “Navbahor” “Turon” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi

    Bugun, 21:09

    Avstraliyada selfi tushayotgan qiz 50 metrlik qoyadan tushib ketdi

    Bugun, 20:25

    AQSHda 28 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Bugun, 20:10

    Uzum ekotizimi Inha universitetining hamkoriga aylandi

    Bugun, 19:30

    Sergelidagi portlashda zararlangan tovarlarga bojxona to‘lovi undiriladimi?

    Bugun, 19:52

    Moldovadagi ko‘lda raketa qoldiqlari topildi (foto)

    Bugun, 19:47

    Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi oldida terakt: O‘zbekistonlik xudkushga hukm o‘qildi

    Bugun, 19:31

    Investitsiya vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

    Bugun, 19:14

    “Hayot sinovlarida toblandim”. Mag‘lubiyat sabab raqsdan ketgan va oilaviy zo‘ravonlikka uchragan Milena Madmusayeva 35 yoshda (foto, video)

    Bugun, 18:58

    Tavsiya etamiz

    Sergelidagi portlash: 15 yoshli bola vafot etdi, minglab xonadonlar zararlandi (foto, video)

    18:00 / 28.09.2023

    Pedagogika kollejining 9 yil avval yo‘qolgan talabalari, to‘ydagi yong‘inda halok bo‘lganlar, daryo qirg‘og‘iga kelib qolgan sport binosi — 27-sentabr suratlari

    23:00 / 27.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: sudlanuvchi suddagi ko‘rsatmasini 65 nafar bolaning yaqinlariga ta’ziya izhor etish bilan boshladi. Bu holat sudda ilgari kuzatilmagandi

    15:00 / 27.09.2023

    “Faqat bitta taklif tushgan” — mas’ullar “Antistrumin” dori vositasi xaridi bo‘yicha izoh berdi

    14:00 / 27.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda oktyabr oyida qanday ob-havo kutilmoqda?

    14:00 / 27.09.2023

    Instagram: O‘g‘lini uylantirgan Ulug‘bek Otajonov, Sherali Jo‘rayev haqqiga duo qilgan Botir Qodirov, turkiyalik oshpazga Mercedes sovg‘a qilgan o‘zbekistonlik

    22:00 / 27.09.2023

    Shimoliy Koreyaga qochib ketgan amerikalik harbiy taqdiri ma’lum qilindi 

    20:00 / 27.09.2023

    Rayhonning “Humo Arena”dagi konserti qoldirildi. Tashkilotchilar chiptalar sust sotilgani tufayli uni bekor qilishga majbur bo‘lganini aytmoqda 

    11:00 / 27.09.2023

    Farhod Mannopov vafoti yuzasidan ikki kishiga ayb e’lon qilindi

    17:00 / 27.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.