Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 5-sentabrdan O‘zbekistonda karantin talablarini qisqartirish bilan birga, quyidagi karantin cheklovlari saqlab qolinadi.

  • fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi, bunda ular tomonidan sanitar talablar buzilgan taqdirda qat’iy choralar (jarimaga tortish) ko‘rish;
  • tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;
  • supermarket va boshqa yirik do‘konlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “to‘shaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda kiritmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, tibbiy niqobda bo‘lishni, shuningdek, ushbu obyektlarga kirishda fuqarolarni bepul tibbiy qo‘lqop bilan ta’minlash;
  • buyum va qurilish mahsulotlari bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlarda sanitar tozalash ishlarini o‘tkazish uchun haftada bir kun sanitar kunini e’lon qilish;
  • davlat organlari, tashkilotlar va korxonalarda yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqlash, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish;
  • ommaviy tadbirlar o‘tkazishni taqiqlash;
  • to‘yxonalar, tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatini taqiqlash;
  • oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish;
  • 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarning “o‘zini o‘zi yakkalash” hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
  • yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanish.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 5-sentabrdan teatr, kinoteatr, attraksionli bog‘lar faoliyatiga va juma namozlari o‘qilishiga ruxsat beriladi, yo‘nalishli taksilar faoliyati qayta tiklanadi, bolalar bog‘chalari qayta ochilishiga ruxsat etiladi. Shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida avtomobil yo‘llari orqali kirish-chiqishga qo‘yilgan cheklovlar 1-sentabrdan bekor qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)