Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xonanda Jasur Umirov MY5 telekanalining “Omon-omon” ko‘rsatuvida mehmon bo‘ldi. Suhbat davomida u anchadan buyon uylanish uchun munosib qiz izlayotganini aytib o‘tdi.

Foto: Instagram / @jasur_umirov_officiall

Foto: Instagram / @jasur_umirov_officiall

“Har kuni ko‘chaga chiqib ketib, qiz izlayman. Men uylanmoqchi bo‘lgan qiz tashqi ko‘rinishi bilan Rayhonga o‘xshashi kerak”, — deydi Jasur Umirov.

Xonanda shu paytgacha bir necha qiz bilan gaplashib yurgani, biroq ularning hech biri uni bo‘ydoqlik bilan xayrlashishga majbur qila olmaganini aytib o‘tdi.

Ko‘rsatuv boshlovchilari Jasur Umirovdan “Uyingizda YPX xizmatidan ‘baxt maktublari’ kelib turadimi?” deb savol berdi.

“Bizda kameralar o‘rnatilganidan beri svetoforning qizil chirog‘iga umuman to‘xtamaganman. Bunga sabab bor edi. Bitta Ergash degan ‘GAI’ akamiz ‘yuraver, o‘chirtirib beraman’, deganiga ishonib, qizildan o‘tib, radarlar oldidan ham katta tezlikda yuraverganman. Sakkiz oy deganda uyimga hamma jarimalar to‘planib keldi. Hammasi bo‘lib 200 dollar kam 4000 dollar pul to‘ladim”, — deydi xonanda.

Jasur Umirov O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar haqidagi fikrini ham aytib o‘tdi.

“O‘zbekistonda oxirgi yillarda chiqqan avtomobillar rostan ham yaxshi chiqdi. Lekin Captiva’gacha bo‘lgani men uchun bir tiyinga qimmat, deb bilaman. Xorijiy avtomobillarni haydaganingizdan keyin ularga o‘tirgingiz ham kelmay qoladi, to‘g‘risi”, — deydi xonanda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi