Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bektemir tumanidagi “Binokor” mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishlab chiqarish maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbarining tumanga avvalgi tashrifi chog‘ida bu korxona faoliyati haqida taqdimot o‘tkazilgan edi. Umumiy qiymati 50 million dollardan ziyod bo‘lgan loyihaning birinchi bosqichi 2018-yilda ishga tushirilgan. Bugungi kunda ikkinchi bosqichi faoliyat boshlash arafasida.

Buning uchun yangi majmuaga Germaniyaning Vollert, Würschum, Italiyaning Maema, Schnell, AWM, Rossiyaning “Tochnaya Stroitelnaya Mexanika”, “Gruzopodyem”, Polshaning Airpol va Ispaniyaning Azcona Y Pantoja SL kompaniyalari bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiya va dastgohlar keltirib o‘rnatilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Binokor” korxonasida tayyorlanayotgan temir-beton panellar ko‘p qavatli uylar va boshqa inshootlar qurishda qo‘llanilmoqda. Hozirgacha bu yerda 1 ming 200 dan ziyod muhandis va mutaxassislar ishlab, yiliga 150 ming kvadrat metr mahsulot ishlab chiqarayotgan edi. Korxona to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga yana 180 ming kvadrat metr qurilish paneli tayyorlanib, qo‘shimcha 670 ta ish o‘rni yaratiladi.

Prezident korxona faoliyati bilan tanishar ekan, mas’uliyati cheklangan jamiyatning moddiy-texnik bazasidan foydalanib, bu yerda o‘quv-amaliyot kombinati tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Mamlakatimizda katta-katta qurilishlar bo‘lyapti, yana rejalar ko‘p. Yoshlarga zamonaviy qurilish texnologiyalari bo‘yicha yetarli malaka bersak, daromadlari ham ikki-uch barobar oshadi”, — deydi davlat rahbari.

Shu yerda 2020—2022-yillarda Toshkent shahri hamda Bektemir tumanida amalga oshiriladigan eksport va investitsiya loyihalari bo‘yicha ma’lumot berilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 21-avgust kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida bajarilayotgan ishlar, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishayotgani, Prezident dastlab “Bektemir metall konstruksiyalari” mas’uliyati cheklangan jamiyat zavodiga borgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)