Toshkent shahrida 21-avgust kuni soat 09:00 dan kun yakuniga qadar qator manzillarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ular:
- Yunusobod tumani to‘liqligicha;
- Olmazor tumani to‘liqligicha;
- Ibn Sino mavzesi;
- Jarariq mavzesi;
- Beltepa mavzesi;
- S-13, S-14, S-15 mavzelari.
- S-1, S-2 mavzelari;
- Hamid Olimjon mavzesi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ilk holat aniqlanganidan so‘ng, Toshkentda koronavirus karantini sabab issiq suv ta’minoti o‘chirilmasligi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)