Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Moskvich” haydovchisi yo‘lni velosipedda kesib o‘tayotgan 5 yoshli bolani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati

Voqea 17-avgust kuni soat taxminan 16:00 larda Urgut tumani “Ipakli” mahallasining ichki yo‘lida yuz bergan. “Moskvich-412”ni boshqarib ketayotgan 29 yoshli M.A. velosipedda yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga kesib o‘tayotgan 5 yoshli Z.Sh.ni urib yuborgan.

Bola olgan tan jarohatlari oqibatida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi