O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi va triatlon federatsiyasining qo‘shma yig‘ilishi 14-avgust, juma kuni bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Kollaj: “Daryo”

Avvalroq mazkur tashkilotlar rahbarligidan Otabek Umarovning ketganligi haqida xabar berilgandi.

Yig‘ilshda uning o‘rniga ikkala tashkilotga ham rahbarlar saylangan. Xabarga ko‘ra, Viktor Mahmudov Triatlon federatsiyasi rais bo‘lgan. MMA assotiatsiyasiga esa Bahodir Qurbonov rahbar bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Viktor Mahmudov O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Bahodir Qurbonov esa Mudofaa vaziri hisoblanadi.