“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala jamoani tark etmoqchi emas.
Argentinalik futbolchining vakillari hozirda Turin klubi bilan yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, ammo tomonlar Dibala maoshi borasida bir qarorga kela olmayapti.
Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, Dibala yillik maoshining 15 million yevro bo‘lishini xohlamoqda, “Yuventus” esa unga 10 million yevro taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” Dibala uchun 100 million yevro va yetakchi o‘yinchilaridan birini taklif qilgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Dibalaning “keksa sinyora” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
Izoh (0)