Pop-yulduzi Ledi Gagaga o‘xshaydigan, shi-tsu zotiga mansub it, ijtimoiy tarmoqda mashhur bo‘ldi, deb yozadi Daily Mail.

Foto: Midiamax

Ma’lum qilinishicha, yapon samurayi sharafiga Bontenmaru deb atalgan mazkur besh yoshli it Tokioda yashaydi. Bontenmaru suratlari joylanadigan Instagram sahifasini 22 mingdan ziyod obunachi kuzatib boradi. Uning egasi Tomoyo Matsuraning so‘zlariga qaraganda, itining Ledi Gaganiki singari, to‘g‘ri chyolka, kalta va sariq soch turmagi mashhurlikka erishishiga sabab bo‘lgan.

Bontenmaru soch turmagini tartibga keltirish uchun har ikki oyda sartaroshga boradi, har uch haftada esa bekasi uning chyolkasini kesib, tekislab turadi.

Itning turli-tuman liboslarda olingan suratlari ham kuzatuvchilar sonining oshishiga sabab bo‘lgan. Bontenmaruning Instagram sahifasida cho‘milayotgani, tarvuz yeyishi aks etgan videolarini ko‘rish mumkin. Shi-tsuni dunyoning turli burchaklari  Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda istiqomat qiladigan tarmoq foydalanuvchilari kuzatib boradi.