Daryo

Faqat bitta qulog‘i bor “yakkashox kuchuk” ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi (foto)

Rey Instagram’da o‘zining sahifasiga ega bo‘lib, hozirda uning 190 mingdan ortiq obunachi bor

1 daqiqa o‘qish135 302 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Instagram / Goldenunicornrae

AQShning Michigan shtatida o‘z xo‘jayini bilan yashovchi retriver zotiga mansub Rey laqabli kuchuk tarmoqlarda mashhurlikka erishdi. Kuchuk noodatiy tashqi ko‘rinishga ega. Itning faqat bitta qulog‘i bor bo‘lib, boshining qoq o‘rtasidan xuddi yakkashox kabi chiqib turibdi, deb xabar beradi CNN.

Foto: Instagram / @Goldenunicornrae

Rey kichkinaligida jarohat olgani sabab bir qulog‘idan ayrilgan.

Vaqt o‘tishi bilan itning sog‘ qolgan qulog‘i bosh qismining o‘rtasi tomon surilib kelgan. Biroq bu kabi anomal holat kuchukka hayotdan bahramand bo‘lish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Shuningdek, bu uning umumiy ahvoliga ham hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan.

Mavzuga doir: Avstraliyadagi yakkashox qo‘y (foto)

https://www.instagram.com/p/B94Tnj6ATX5/?utm_source=ig_embed

Rey Instagram’da o‘zining sahifasiga ega bo‘lib, hozirda uning 200 mingdan ortiq obunachisi bor.

Foto: Instagram / @Goldenunicornrae
Foto: Instagram / @Goldenunicornrae
Foto: Instagram / @Goldenunicornrae
Foto: Instagram / @Goldenunicornrae
Foto: Instagram / @Goldenunicornrae
Foto: Instagram / @Goldenunicornrae
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar