Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final javob bahsi doirasida “Barselona” 8-avgust, shanba kuni “Napoli”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlangan bo‘lsa-da, birinchi bo‘lib gol urish katalonlarga nasib etdi. 10-daqiqada Kleman Langle burchakdan uzatib berilgan to‘pga boshi bilan zarba berib, hisobni ochdi. 23-daqiqada Lionel Messi ajoyib harakatlari bilan jarima maydoniga yorib kirdi antiqa zarba bilan ikkinchi golni urdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda ketma-ket har ikki darvoza tomon penalti belgilandi. Ulardan Luis Suares va Lorenso Insinye unumli foydalandi. Ikkinchi bo‘limda esa hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa “Barselona” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (birinchi o‘yin — 1:1) italyanlarni ortda qoldirib chorak finalga chiqdi. “Ko‘k-anorranglilar” yarim final yo‘llanmasi uchun “Bavariya” bilan kuch sinashadi.

YChL

1/8 final, javob bahsi

8-avgust, shanba

“Barselona” Ispaniya — “Napoli” Italiya 3:1

Gollar: 1:0 – 10 Langle, 2:0 – 23 Messi, 3:0 – 45, penalti Suares, 3:1 – 45, penalti Insinye.

“Barselona”: ter Shtegen, Alba, Langle, Pike, Serxi Roberto, de Yong, Rakitich, Semedu, Suares (Firpo, 90), Grizmann (Monchu, 84), Messi.

“Napoli”: Ospina, Mariu Ruy, Di Lorenso, Kulibali, Manolas, Demme (Lobotka, 46), Zelinski (Losano, 70), Kalyexon (Politano, 70), Fabian Ruis (Elmaz, 79), Insinye (Milik, 79), Mertens.

Ogohlantirishlar: Zelinski (60), Suares (90).

Ilk uchrashuv — 1:1

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!