Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Manchester Siti” to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

Foto: Getty Images

Madridliklar “Manchester Siti”ga ikki o‘yinni ham boy berdi (1:2, 1:2).

Shu tariqa “Real” Zinedin Zidan qo‘l ostida ilk bor Chempionlar Ligasidan chiqib ketdi. Avvalroq jamoa fransiyalik mutaxassis bilan ketma-ket uch bor (2016—2018) musobaqa bosh sovriniga ega chiqqandi.

“Real” ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar Ligasini 1/8 final bosqichida tark etmoqda. 2018/19-yilgi mavsumda jamoa Santyago Solari murabbiyligida “Ayaks”dan o‘tolmagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!