• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Jahon banki O‘zbekistonga 500 mln dollar qarz beradi. Mablag‘ qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish uchun yo‘naltiriladi

    O‘zbekiston hukumati va Jahon banki mamlakat qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 500 million dollarlik qarz bitimini imzoladi, deya xabar berdi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    O‘zbekiston tomonidan bitimni bosh vazirning o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqov va Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktor Liliya Burunchuk imzoladi.

    Imzolash marosimida Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev hamda Bank va tegishli idoralarning boshqa vakillari ishtirok etdi.

    Loyiha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan tegishli ravishda 276 million dollar va 224 million dollar miqdorida moliyalashtiriladi.

    Mavzuga doir: Jahon banki ishtirokida O‘zbekistonda koronavirusga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish loyihasi amalga oshiriladi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Qayd etilishicha, 2017-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zgarishlar O‘zbekiston hukumatining keng islohotlar dasturining muhim qismiga aylandi. Ushbu islohotlarning maqsadi — qishloq xo‘jaligidagi paxta va bug‘doy ulushini kamaytirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni, shu jumladan, meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida sohada mehnat unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksportini ko‘paytirish, tarmoqni yanada modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishdir.

    Umrzoqovning ta’kidlashicha, qishloq xo‘jaligidagi islohotlar qishloq joylarida ko‘proq haq to‘lanadigan ish o‘rinlarining yaratilishiga, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligining mustahkamlanishiga va O‘zbekiston fermerlari va agrosanoat korxonalarining eksport daromadlarining o‘sishiga imkon beradi. Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan yangi loyiha qishloq xo‘jaligini bozor va raqobatbardosh tarmoqqa aylantirishga hissa qo‘shadi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga davlat xizmatlari taqdim etilishini sezilarli darajada yaxshilaydi.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Ta’kidlanishicha, loyiha tufayli O‘zbekistonning barcha mintaqalaridagi fermerlar va agro-korxonalar vakillari uchun zamonaviy texnologiyalar, texnik maslahatlar, ishlab chiqarish, agrologistika, fitosanitariyaning turli bosqichlarida qo‘llab-quvvatlash xizmatlaridan, shuningdek, savdo hajmini oshirish uchun zarur axborot manbalaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi. Natijada mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligi va eksport salohiyatining o‘sishi hisobiga ularning ichki va xalqaro bozorlarda ishtiroki kengayadi.

    Shuningdek, loyihada mahalliy tijorat banklarining ishtiroki tufayli mahalliy ishlab chiqaruvchilar intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish hamda mahsulotlarni saqlash, qadoqlash va qayta ishlash quvvatlarini yaratish, shuningdek, energetik va suvni tejaydigan texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olishni nazarda tutgan holda eksportga yo‘naltirilgan qo‘shimcha qiymat zanjirlarini ko‘paytirish uchun ulardan foydalanish istiqbollari bilan uzoq muddatli kredit resurslarini jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

    Shu bilan birga, loyiha O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutlarini modernizatsiya qilish, amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish va tarmoqqa ilg‘or ishlanmalarni joriy etishga yordam beradi. Loyiha tadbirlari urug‘chilikni rivojlantirish, yer va suv resurslarini boshqarish, muayyan hududlarga mo‘ljallangan agroekologik iqlimga chidamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, O‘zbekistondagi o‘simliklarning noyob genetik materiallarini saqlash masalalariga qaratilgan bo‘ladi.

    Vazirlik xabarida qayd etilishicha, 2017-yilda O‘zbekistonda islohotlar boshlanishi bilan Jahon bankining moliyaviy va texnik yordami sezilarli darajada oshdi. Bugungi kunda tashkilotning umumiy qiymati 4,4 milliard AQSh dollariga teng 23 ta loyihadan iborat bo‘lgan O‘zbekiston bo‘yicha dasturi Turkiyadan keyin Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik dastur hisoblanadi. Bank hukumatga turli sohalarda, jumladan, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimlarini, suv ta’minoti, energetika, transport, ijtimoiy himoya, shahar va qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, koronavirus pandemiyasining sog‘liqni saqlash tizimiga, iqtisodiyot va aholi farovonligiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirishda muhim yordam ko‘rsatmoqda.

    Mazvuga doir:

    • Osiyo taraqqiyot banki koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini kamaytirish uchun 500 mln dollar kredit ajratdi
    • Jahon banki: O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2020-yilda 1,5 foizga o‘sadi
    • Jahon banki tomonidan Markaziy Osiyoga ajratilgan 370 mln dollarning asosiy qismi O‘zbekistonga nasib etdi

    13.07.2020, 22:08   Izoh (0)   15208
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda nima sababdan hali ham favqulodda holat o‘rnatilmayotganiga izoh berildi

    13.07.2020, 21:57

    Rossiyaning Amur viloyatidagi zavod qurilishida ishchilar norozilik uyushtirdi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bo‘lishi mumkin

    13.07.2020, 21:33

    Toshkent viloyatida COVID-19’ga test topshirish mumkin bo‘lgan SEOMlar haqida ma’lumot berildi

    13.07.2020, 21:07

    Tibbiyot fanlari doktori O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi qancha koronavirus bemorini qabul qilsa, inqirozga uchrashini aniq ayta olmadi

    13.07.2020, 20:44

    Xorazmda kuchli shamol oqibatida salkam 13 mingta xonadon elektr energiyasiz qoldi

    13.07.2020, 20:06

    Xushnudbek Xudoyberdiyev nega “Yoshlar”, “Navo” va “Bolajon” telekanallarida “zapret”ga tushganini so‘zlab berdi

    13.07.2020, 19:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.