• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    “Barcha zamonlar va xalqlar uchun!” Metr o‘lchov birligi joriy etilganiga 227 yil to‘ldi

    Bugungi kunda butun dunyo metr o‘lchov birligidan foydalanib keladi. Kundalik hayotimizda ana shunday yagona o‘lchovning borligi ko‘plab chigalliklarning oldini oladi. 1-avgust esa metr tizimining debochasi ochilgan kun. “Daryo” sana munosabati bilan metr o‘lchov birligi haqidagi qiziqarli faktlarni havola etadi.

    Tasavvur qiling, siz bozordan gazlama sotib olishingiz kerak. Aytaylik, 10 metr olmoqchisiz, lekin bozorda bazzoz sizga matoni 10 gaz o‘lchab beradi. Uyga kelib qarasangiz mato siz kutgandan taxminan 4 metr kalta va bundan xunob bo‘lasiz. Bunda, albatta, gap o‘lchov birligida bo‘lib, shunaqa chigal va chalkashliklarning oldini olish uchun ham o‘lchov birliklari hamma joyda yagona va bir xil bo‘lishi shart.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xayriyatki, hozirgi paytda dunyoning deyarli barcha davlatlarida yagona o‘lchov tizimi – metr sistemasidan foydalaniladi. Shu sababli hozir siz istalgan narsani aniq metrini ko‘rsatib, xarid qilishingiz mumkin va bu borada muayyan yakdillik borligi yaxshi. Lekin ushbu yagona tizim qabul qilinishidan avval savdogarlarni va oddiy odamlarni ham yuqoridagi kabi birliklardagi chalkashliklar ko‘p adashtirar edi. Jahonning turli mamlakatlarida mutlaqo o‘ziga xos, nostandart birliklar qo‘llanilardi va bu odatda o‘sha joyning mahalliy sharoitidan, an’analaridan kelib chiqardi.

    Hatto mamlakatlarning ichki hududlarida, aytaylik, viloyat va shaharlarida ham boshqa-boshqa birliklar qo‘llanishi oddiy hol bo‘lib, masalan, XVIII asrda birgina Fransiyaning o‘zidagi turli shahar va hududlarda faqat og‘irlik o‘lchov birligining o‘zi uchun 100 xildan ziyod turli birliklar mavjud bo‘lgan. Bu muhandislik hisob-kitoblarida va dengizchilikda ham katta muammolar tug‘dirar edi. Chunki bir shahar uchun loyihalangan ko‘rkam uylarni boshqa shaharda qurmoqchi bo‘lishsa, xunuk va xatarli binolar yuzaga kelardi, navigatsiya jadvallari esa kemalarni riflarga boshlab borib urar edi.

    Ayniqsa, Lyudovik XVI hukmronligining oxirgi yillarida, Farang inqilobi boshlanish arafasida Fransiyaning soliq amaldorlari dehqonlarni aynan shu o‘lchov birliklari orqali chuv tushirib, katta soliq to‘lovlarini undirishgani ham ma’lum. Qallobliklar tobora ortavergan, dehqonlarga yer maydoni uchun soliq solishda otni kallasidek qiymatlar chiqargan o‘lchovlar, dala maydoniga nisbatan olingan hosil hisobini yuritishda, ya’ni dehqonning o‘zining haqini hisoblashga kelganda mutlaqo boshqacha raqamlarni berib turavergan. Natijada, aldanavergan alamzada dehqonlar bunday qallobliklardan qattiq norozi bo‘la boshlashgan.

    Mamlakatda shundoq ham ijtimoiy-siyosiy vaziyat taranglashib kelayotgan bir paytda yana boshqa ko‘plab omillar o‘laroq, ushbu chigallik ham xalqning g‘azabini keltirar edi. Shu sababli bo‘lsa kerak, 1780–1790-yillarda avj olgan va tarix kitoblarida “Buyuk Farang inqilobi” deb tilga olinadigan jarayonda oddiy xalq vakillarining hukumat oldiga qo‘ygan talablaridan biri ham aynan o‘lchovlarni yagona tizimga keltirish va tartibga solish bo‘lgan edi.

    Inqilob amalga oshib, Milliy ta’sis majlisi faoliyat boshlagach, uning yig‘inlaridan birida Sharl Moris Taleyran (1754–1838) ismli yepiskop nutq so‘zlagan. Umuman olganda, o‘sha davrga oid turli manbalarda biroz ikkiyuzlamachi va mug‘ombir odam sifatida xotirlangan Taleyran o‘z nutqida xalqning talablarini sanab o‘tish asnosida o‘lchov tizimini ham tartibga solish kerakligini aytib o‘tgan. U aniq fanlar sohasi olimlarida anchadan beri mavjud bo‘lgan taklif – metrni Yer meridiani uzunligiga bog‘lash fikrini o‘rtaga tashlagan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Yaxshi bilamizki, o‘sha farang inqilobi juda ko‘p narsalarni radikal o‘zgartirishga bo‘lgan urinishlar bilan ham yodda qolgan. Xususan, inqilobchilar hatto oy nomlarini ham o‘zgartirish bilan cheklanmasdan, soatni ham 24 soatlik qilmay, balki 100 soat, 100 daqiqa va 100 soniyadan iborat bo‘ladigan qilishmoqchi bo‘lishgan. Qanchalik absurd bo‘lmasin, o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tish harakatlari yuzasidan vaqt hisobini ham shu tizimga solish fikri o‘sha payt jiddiy ko‘rib chiqilgan. Aynan ushbu mulohazalarga ko‘ra, metr ham Parij meridiani uzunligining 1/40000000 qismiga teng deb qabul qilingan.

    Bir metr aniq keltirib chiqarilgach, uning asosida litrni ham olish mumkin edi. G‘oyaga ko‘ra, 10 kub sm roppa rosa 1 litr deb qabul qilinishi va 1 litr suvning vazni esa 1 kg deb olinishi ko‘zda tutilgan edi. Ta’sis kengashining maxsus qarori bilan Parij meridiani uzunligini aniqlash va uning asosida metrning aniq uzunligini keltirib chiqarib, etalon tayyorlash uchun maxsus ilmiy guruh tuzilgan.

    Uning tarkibiga o‘sha paytning eng yirik olimlari bo‘lgan Jan Batist D’Alamber va Pyer Mishen ham jalb qilinib, ular boshchiligida eng malakali geodeizst mutaxassislardan iborat guruh Dyunkerk va Barselona shaharlaridan o‘tadigan meridianning to‘qqiz daraja va 40 daqiqaga teng yoyining uzunligini triangulyatsiya (trigonometrik yechish) usuli bilan o‘lchab chiqqan. Bu ishni uddalash uchun umumiy hisobda yetti yil vaqt ketgan.

    Shu sababli 1792-yilning 25-iyulida boshlangan o‘lchov ishlarining yakunini kutmasdan, Fransiyaning o‘sha paytdagi muvaqqat hukumati 1793-yilning 1-avgust sanasidan e’tiboran mamlakatda yagona metr o‘lchov tizimini joriy qilish haqida qaror qabul qilgan. Fransuzlarning o‘sha metri hozirgidan biroz farqli va muayyan kichik xatolikka ega bo‘lgan bo‘lsa hamki, lekin birliklarni yagona tizimga solish borasidagi ilk rasmiy urinish sifatida tarixga kirgan hamda metr o‘lchov birligining rasman joriy qilingan ilk namunasi o‘laroq qayd etilgan.

    Albatta, keyinchalik Fransiyada inqilob bo‘hronlari tindi va tizim yanada mukammallashtirildi. Metrning kutilgan etaloni esa faqat 1795-yilga kelib platinadan tayyorlandi. Barcha shahar va qishloqlar uchun ushbu etalondan nusxalar tayyorlab jo‘natildi. Fransiya ilk bora butun mamlakat bo‘ylab yagona o‘lchov sistemasidan foydalana boshladi. Joriy qilingan tizimning mohiyati va naqadar muhimligini tez orada nafaqat olimlar, balki endi siyosatchilar, savdogarlar va oddiy xalq ham tushunib yeta boshlagan.

    U naf berayotganini ko‘rgan Milliy Kengash a’zolari hatto metr sistemasini joriy qilinishi borasidagi qarorda “Barcha zamonlar va xalqlar uchun!” degan bir qarashda o‘ta pafosli jumlani ham kiritib qo‘yishgan edi. O‘zi siyosiy jihatdan alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib turgan farang mamlakatining zamon va boshqa xalqlar uchun ham ko‘rsatma berishi go‘yo bema’nilik bo‘lib ko‘ringani bilan, lekin g‘oya ko‘rib turibmizki, yashovchan bo‘lib chiqdi va hozirda ham dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (AQSh, Liberiya va Myanmadan tashqari) ushbu tizimdan foydalanishadi.

    Keyinchalik o‘sha zamon Fransiyasi olimlari keltirib chiqargan metr va uning asosidagi etalon biroz xato ekani aniqlandi. Bir litr suv ham aniq bir kilogramm kelmasligi oydinlashdi. Xalqaro standartlar va birliklar sistemasida metrning Parij etalonidan voz kechildi va avvaliga u kripton-86 atomining 2P10 va 5d5 sathlararo o‘tishiga muvofiq keladigan vakuumdagi nurlanishning 1650763,73 qismiga teng ekani belgilandi (1960-yil).

    1983-yilga kelib esa u hozirgi ta’rif bo‘yicha o‘zgartirilgan va endilikda bir metr bu yorug‘likning vakuumda soniyaning 1/299792458 qismida bosib o‘tgan masofasiga teng deb qabul qilingan. Ya’ni u o‘zgarib qolishi mumkin bo‘lgan qandaydir buyum etalonlarga nisbatan emas, balki tabiatdagi eng asosiy o‘zgarmas qiymatlardan biri – yorug‘lik tezligiga bog‘lab qo‘yilgan.

    Muzaffar Qosimov tayyorladi.

    02.08.2020, 10:34   Izoh (0)   29998
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar inson miyasidan yoqimsiz xotiralarni “o‘chirib tashlash” usulini topdi

    31.07.2020, 14:41

    Koronavirus dengiz suvida qancha vaqt yashashi aniqlandi

    31.07.2020, 07:38

    Avstraliyalik ayol dengiz qirg‘og‘ida tuxumga o‘xshash sirli jonzotga duch keldi

    30.07.2020, 16:59

    Olimlar Yer yuzida yangi muzlik davri qachon boshlanishini ma’lum qildi

    29.07.2020, 17:36

    Xitoyda yuragi uch kun davomida urmagan qiz omon qoldi

    29.07.2020, 15:34

    Koronavirusga chalingan bemorlarda hid sezishning yo‘qolishi sababi ma’lum bo‘ldi

    28.07.2020, 19:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.