“Barselona” hujumchisi Lionel Messi yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi.

Foto: The Sun

Messi so‘nggi o‘n yil ichida Yevropa top-5 ligalarida eng ko‘p “Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi” nomiga loyiq ko‘rilgan. Argentinalik futbolchi 2010-yildan shu vaqtga qadar 228 marta o‘yin yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etilgan.

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu mazkur reytingda 127 ball bilan ikkinchi bo‘lib turgan bo‘lsa, “Real” vakili Eden Azar (94) kuchli uchlikdan o‘rin oldi.

Mavzuga doir: Lionel Messi yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha La Ligada tengsiz deb topildi

So‘nggi o‘n yil ichida “Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi” nomiga sazovor bo‘lgan futbolchilar o‘nligi:

  1. Lionel Messi — 228;
  2. Krishtianu Ronaldu — 127;
  3. Eden Azar — 94;
  4. Zlatan Ibragimovich — 89;
  5. Neymar — 66;
  6. Luis Suares — 65;
  7. Garet Beyl — 62;
  8. Antuan Grizmann — 58;
  9. Arturo Vidal — 53;
  10. Marko Roys — 50.

Muxlislar talqiniga ko‘ra, Lionel Messining top-10 goli (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!