Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Manchester Yunayted” darvozaboni David de Xea Angliya Premyer Ligasida eng ko‘p “quruq” o‘yin o‘tkazish bo‘yicha klub rekordini o‘rnatdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Premyer Liganing 38-turidan o‘rin olgan “Lester”ga qarshi bahs (2:0) de Xea uchun 113-“quruq” o‘yin bo‘ldi. David ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha “Manchester Yunayted”ning afsonaviy darvozaboni Peter Shmeyxelni (112) ortda qoldirdi.

Ma’lumot o‘rnida, de Xea “Manchester Yunayted”ga 2011-yilning yozida “Atletiko”dan ko‘chib o‘tgan. Yakuniga yetgan 2019/20-yilgi mavsumda 29 yoshli ispaniyalik posbon APL doirasida 38 o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol o‘tkazib yuborgan va ikkita sariq kartochka ishlab olgan. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar amal qiladi.

“Manchester Yunayted” esa mavsumni 3-pog‘onada yakunladi va va Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

David de Xeaning “Manchester Yunayted” safidagi top-10 seyvini tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Audiosi tarqalgan Oqqo‘rg‘on tumani IIB sobiq xodimi ushlandi
Mahalliy
Yunusobod tumani hokimligi sobiq mansabdori fuqaroni 30 ming dollarga chuv tushirdi
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?