Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ruminiyalik mutaxassis Mircha Luchesku Kiyevning “Dinamo” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Dinamo” va Luchesku o‘rtasidagi bitim tafsilotlari ochiqlanmagan.

Qizig‘i shundaki, Luchesku 2004—2016-yillar mobaynida “Dinamo”ning azaliy raqibi “Shaxtyor”ni boshqargan.

Mazkur tayinlov ko‘plab kiyevlik muxlislar noroziligiga sabab bo‘ldi.

74 yoshli mutaxassis o‘z vaqtida “Breshiya”, “Inter”, “Galatasaroy”, “Beshiktosh” va “Zenit” kabi nomdor klublarda ishlagan. Shuningdek, Mircha Ruminiya va Turkiya terma jamoalarini ham boshqargan.

“Dinamo” 2019/20-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra chempionatda 2-o‘rinni oldi va Ukraina Kubogini qo‘lga kiritdi. Avvalroq klub bosh murabbiyi Aleksey Mixaylichenko va uning shtabi iste’foga chiqarilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi