• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ikki tabletka bilan ham tuzalib ketish mumkin”. Koronavirus yengil kechayotgan bemorlarga ko‘p dori tayinlash o‘rinsiz ekani ta’kidlandi

    Bemorlarga ko‘p dori yozib berish to‘g‘ri emas. Bu haqda “Milliy” telekanali orqali har kuni soat 18:00 da efirga uzatilayotgan “Tez yordam” ko‘rsatuvining 5-sonida to‘xtalib o‘tildi.

    Ko‘rsatuv boshlovchisi Komil Allamjonov tanishlaridan biri shifoxonada yotgani, kasallik yengil shaklda kechayotganiga qaramay, unga vahima ostida ikki betlik dorilar ro‘yxati berilganini ta’kidlagan. Uning bu so‘zlariga javoban Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Ra’no Qosimova kasallik tasdiqlanganida Komil Allamjonovning o‘zida ham vahima bo‘lganini eslatib o‘tgan.

    “Masalan, o‘zingizda ham shunaqa vahima bo‘lgan. Men koronavirusga chalinibman, deb qo‘rqib ketdingiz”, — deya eslatdi Qosimova. Bunga javoban Allamjonov “siz menga buncha dori yozib bermagandingiz”, dedi. “To‘g‘ri, sizda kasallikning yengil shakli ekani tushuntirildi-da. Kasallikning kechishi, dinamikasiga qarab, ahvolingiz og‘irlashsa, qo‘shimcha dorilar yozilardi. Agar og‘irlashmasa, ikkita tabletka bilan tuzalib ketishingiz mumkin edi”, — deya aniqlik kiritdi Virusologiya instituti ilmiy xodimi.

    Ko‘rsatuvning doimiy mehmonlaridan biri virusolog Dildora Sekler dori tayinlash masalasining boshqa muammoli jihati borligi ta’kidlab o‘tdi. “Rostdan ham sal qiyinroq masala. Chunki ba’zi bemorlarni shifokor: ‘Sizda kasallik yengil shaklda kechyapti, hozir dorilarga zarurat yo‘q, suv iching, mana bunday vitaminlar ichsangiz yetarli’, deb jo‘natib yuborsa, bemor: ‘Bu do‘xtir o‘zi hech narsani bilmas ekan-da’, deyishi ham mumkin”, — dedi u. Shundan so‘ng ko‘rsatuv boshlovchisi fuqarolarga ham, tibbiyot xodimlariga ham murojaat qildi.

    Hurmatli hamyurtlar! Dorining kam yozib berilgani — bu shifokorlarning saviyasiz ekanidan emas. Har bir holatning o‘z me’yori bor, me’yoridan ko‘pi — ko‘p. Ahamiyat bering, kasallik yengil o‘tishi mumkin bo‘lgan ko‘plab holatlarda bemorlar ko‘p dori qabul qilib, o‘zlarini og‘ir ahvolga tushirib qo‘yishyapti, “nega endi tuzalmayapman?”, deb hayron ham bo‘lishyapti.

    Hurmatli shifokorlar, hurmatli tibbiyot xodimlari! Sog‘liqni saqlash vazirligi (SSV) 13-iyul kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra ishlab chiqilgan yangi vaqtinchalik protokolni tasdiqladi. Mana shu protokol bilan yaxshilab tanishib olishingiz kerak. Chunki siz tayinlagan muolaja usuli SSV tasdiqlagan uyda davolanish protokoliga zid kelayotgan holatlar bor. Iltimos, odamlar hayotiga daxldor maslahatlar berishdan avval o‘z ustingizda ishlab, so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lib, mumkin va mumkin bo‘lmagan dorilar ro‘yxatini ko‘rib oling.

    Komil Allamjonov, “Tez yordam” ko‘rsatuvi boshlovchisi

    O‘z navbatida, Dildora Sekler bemorlarga poliklinika shifokorlaridan boshlab kuchli antibiotiklarning tayinlanishi yakunda ushbu bemorlar og‘ir ahvolga tushib qolganida ularni davolash imkoniyatlarini keskin kamaytirib yuborishi mumkinligidan ogohlantirdi.

    “Bizga murojaat qilayotgan fuqarolarning so‘zlari, shuningdek, ayrim hamkasblarimiz tayinlagan davolash muolajalaridan kelib chiqib, bir fikrni bildirmoqchi edim. Biz bir necha ko‘rsatuvdan beri ‘zaxira antibiotiklari’ degan tushuncha borligini ta’kidlab kelyapmiz. Bu — so‘nggi chora, boshqa hech bir dori, antibiotiklar ta’sir qilmaganida yoki reanimatsiya sharoitida qo‘llaniladigan vosita. Afsuski, ayrim hamkasblarimiz shunday kuchli antibiotiklarni poliklinikadan boshlab fuqarolarga tavsiya qilishyapti. Bu juda ham noto‘g‘ri. Hamkasblar, iltimos, bu poliklinika, ambulator sharoitda tavsiya etiladigan antibiotiklar emas. Xirurglarimiz, kardiorevmatologlarimiz, kardioxirurglarimiz shunday savollar berishyapti: ‘Agar hozir poliklinikada mana shu antibiotiklarni tavsiya qila boshlashsa, biz unda qanday vosita bilan ishlaymiz?’. Bu juda ham to‘g‘ri savol”, — dedi Sekler.

    Mavzuga doir: Koronavirus va O‘zbekistonda tarqalayotgan pnevmoniya o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lmasligi ham mumkinmi?

    Ma’lumot uchun, 19-iyuldan boshlab har kuni soat 18:00 da “Milliy TV” telekanalida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tushuntirish va maslahatlar berib borishga ixtisoslashgan “Tez yordam” ko‘rsatuvi efirga uzatilmoqda. Ko‘rsatuvni ijtimoiy tarmoqlar orqali ham jonli efirda namoyish qilish mumkin. Ko‘rsatuvning 6-soni 24-iyul kuni soat 18:00 da boshlanadi.

    Mavzuga doir: “Odamlar koronavirus yuqib qolsa ham vahima qilmasin. Oddiy shamollashdek o‘tib ketadi” — Toshkentdagi tez tibbiy yordam xizmati shifokori

    24.07.2020, 17:33   Izoh (0)   43123
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga sement import qilish va uni erkin muomalaga chiqarish tartiblari soddalashtiriladi

    24.07.2020, 17:29

    Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi uy sharoitida davolanganda yo‘l qo‘yilayotgan xatolarni sanab o‘tdi

    24.07.2020, 17:17

    O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 19 ming kishidan oshdi

    24.07.2020, 17:12

    Toshkentda koronavirusga chalingan 73 yoshli ayol kasallik qurboniga aylandi

    24.07.2020, 16:59

    Koronavirus va O‘zbekistonda tarqalayotgan pnevmoniya o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘lmasligi ham mumkinmi?

    24.07.2020, 16:34

    Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni 63 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi

    24.07.2020, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.