Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda koronavirusga chalingan 64 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 64 yoshli M.M. 25-iyun kunidan 14-iyul kuniga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida o‘tkir strangulyatsion ingichka ichak tutilishi tashxisi bilan statsionar davolangan.

Bemorda 14-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va o‘ta og‘ir holatda Zangiota tumanidagi ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklari shifoxonasiga o‘tkazilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, ingichka ichak rezeksiyasi va anastomozi operatsiyasidan so‘nggi holat tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Shuningdek, unda o‘tkir strangulyatsion ichak tutilishi xastaligi bo‘lgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Bemor asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bu “Daryo” hisobi bo‘yicha 21-iyul soat 10:09 holatiga ko‘ra O‘zbekistondagi 96-o‘lim holati. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etib kelayotgan statistika bo‘yicha esa mamlakatda epidemiya boshlanganidan buyon 92 kishi vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi