Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyada yangi Toyota Harrier’ni sotib olish istagida bo‘lgan xaridorlar navbati 1,5 yilga cho‘zilib ketdi. Dastlabki oyning o‘zida modelning 45 ming nusxasiga oldindan buyurtma berilgan. Harrier bundan bir oy oldin sotuvga chiqqan, deb yozadi Motor.

Foto: Toyota Harrier

Foto: Toyota Harrier

Ma’lum qilinishicha, Yaponiya avtokonserni oyiga uch ming nusxa Harrier sotishni rejalashtirgan, biroq yangi modelga bo‘lgan talab keskin oshib ketgan.

Agarda avtokompaniya ishlab chiqarish hajmini oshirmasa, xaridorlar o‘zining transport vositasini taxminan 1,5 yil kutishga majbur bo‘ladi.

Foto: Toyota Harrier

Foto: Toyota Harrier

Yaponiyada Harrier krossoverining narxi 3-5 million iyenani (28—46,5 ming dollar) tashkil etmoqda.

Harrier’ning bazaviy versiyasiga 171 oy kuchiga ega 2,0 litrli atrmosfera dvigateli o‘rnatilgan. Krossover o‘zining yukxonasi eshigi, gaz chiqarish tizimidagi to‘rtta trubasi, yon qirqimlari bilan ajralib turadi. Modelning o‘ziga xos texnik jihati — yangi amortizatorlar jamlanmasi va GR prujinalari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank