• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Neron — Rimga o‘t qo‘ygan telba imperatormi? Rim tarixidagi eng katta yong‘in tarixi

    Qadimgi Rim milodiy 64-yilning 18-iyuldan 19-iyulga o‘tar kechasi tarix davomida duch kelmagan dahshatli yong‘inga yuzlashdi. “Daryo” bugungi kungacha yong‘inning asosiy sababchisi tarixchilar tomonidan shubha ostiga olinib kelinadigan tarixiy voqea haqida hikoya qiladi. 

    Yong‘in qanday sodir bo‘lgan edi?

    Buyuk Rim yong‘ini milodiy 64-yilning iyul oyida sodir bo‘lgan fojiaviy hodisa bo‘lib, uning oqibatida qadimgi Rimning o‘n to‘rt kvartalidan o‘n bittasi butunlay vayrona holiga kelgan. 18-iyuldan 19-iyulga o‘tar kechasi ro‘y bergan yong‘in “Katta sirk”ning janubi-sharqiy qismida joylashgan do‘konlardan boshlanib, tez orada shaharning katta qismini alanga ichida qoldirdi va oradan olti kun o‘tibgina, ya’ni 27-iyul kuni uni to‘xtatishning imkoni bo‘ldi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Yong‘inda qancha odam o‘lgani noma’lum, ammo qurbonlar soni ko‘p bo‘lgan. Bu yerda rasmiy ravishda ro‘yxatga olingan fuqarolardan tashqari katta-katta miqdordagi aholi: qullar, qo‘shni viloyatlarning mavsumiy ishchilari, shuningdek, imperiya chegaralariga yaqin mamlakatlardan kelgan noqonuniy muhojirlar yashar va kun kechirar edi.

    Egri, tor ko‘chalar va ulkan imoratlar yong‘inning qisqa fursat ichida katta maydonni egallab olishini ta’minlagan va olovdan qochayotgan odamlarning harakatlanishiga to‘sqinlik qilgan. Yong‘in natijasida Muqaddas Vesta ibodatxonasi, Oy ma’budasining haykali, Yupiter va Apollon ibodatxonalari, Palatinadagi kutubxona, Marsellus teatri, Neron saroylari va boshqa ko‘plab binolar butunlay yonib ketgan.

    Neron aybdormi? Tarixchilar nima deydi?

    Qadimgi Rim tarixchisi Gay Svetoniyning so‘zlariga ko‘ra, Rimga o‘t qo‘yilishi Neronning qo‘li bilan sodir bo‘lgan, yong‘in payti aholi mash’ala ko‘tarib yurgan o‘t qo‘yuvchilarga guvoh bo‘lgan. Afsonaga ko‘ra, imperatorga olov haqida xabar berilganda u Rimga qarab yo‘l oladi va olovni xavfsiz masofadan turib kuzatdi. Shu bilan birga, teatr kostyumini kiyib olgan Neron lira chaladi va “Troyning o‘limi” poemasini o‘qiydi. (Gay Svetoniy Trankvill. Jizn dvenadsati sezarey, Neron, 38.)

    Ammo zamonaviy tarixchilar bolaligida olovdan omon qolgan boshqa bir Rim tarixchisi (u senator ham bo‘lgan) Tatsit tomonidan berilgan voqealar tasviriga ko‘proq ishonadi. Uning aniq tug‘ilgan sanasi noma’lum, ammo aksariyat manbalarga ko‘ra, uning tavalludi milodning 56 yoki 57-yillariga to‘g‘ri keladi. Tatsitning ikki asosiy tarixiy asari — “Annallar” va “Tarixlar” milodning 14 va 96-yillari orasidagi imperiya tarixini yoritadi. Yong‘in sodir bo‘lganida u atigi sakkiz yoshda edi, aniq hisoblarni qayd etish uchun jamoat yozuvlari va hisobotlaridan foydalangan.

    Yong‘in sodir bo‘lgach, aholi birinchi navbatda olov ta’sir qilmaydigan joylarga, so‘ngra shahar tashqarisidagi ochiq maydonlarga va qishloq yo‘llariga qochib ketadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, talonchilar va arsonistlar guruhlari olovni to‘xtatish yoki sekinlashtirish uchun qilinayotgan chora-tadbirlarga to‘sqinlik qilgan. Tatsitning guvohligiga ko‘ra, yong‘in xabarini eshitgan Neron darhol Rimga yetib boradi va o‘z hisobidan shahar va odamlarni qutqarish uchun qutqaruv guruhlari tashkil etadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Shuningdek, yong‘indan so‘ng u shaharni qayta qurish rejasini ishlab chiqadi. Unda Neron uylar orasidagi minimal masofa hamda yangi ko‘chalarning minimal kengligini belgilab, shaharni faqat toshli binolardan barpo etish to‘g‘risida ko‘rsatma beradi, bundan tashqari, ushbu rejaga asosan endilikda quriladigan barcha yangi uylarning chiqishi hovlilar va bog‘larga emas, balki asosiy ko‘chaga qaragan tarzda quriladigan bo‘ladi.

    Yong‘in bartaraf etilgach, shaharning o‘n to‘rt kvartalidan to‘rttasi butunlay yonib ketgani, qolgan yettitasi esa jiddiy zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ladi. Neron uysiz qolganlarga o‘z saroylaridan joy beradi, shuningdek, shaharni oziq-ovqat bilan ta’minlash va tirik qolganlar orasida ochlik tarqalishining oldini olish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘radi.

    Shaharni tiklash uchun katta mablag‘ kerak bo‘lar edi. Imperiya provinsiyalariga solingan bir martalik soliq qisqa vaqt ichida poytaxtni qayta qurishga imkon berdi. Yong‘indan ko‘p o‘tmay Neron Oltin Saroy qurdiradi. U Rimning uchdan bir qismini egallab oladigan darajada ulkan edi.

    Neronning sodir bo‘lgan hodisa bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan bo‘lsa-da, yong‘in aybdorlarini topish juda muhim edi. Yong‘indan bir necha kun o‘tgach, masihiylar shaharga o‘t qo‘yishda ayblandi. Rim bo‘ylab qatllar to‘lqini boshlanib ketdi. (Grant, 2003, Glava 9. Velikiy pojar i xristiane.) Ba’zi zamonaviy tarixchilar esa, shu jumladan, Prinston klassigi Brent Shou Neron masihiylarni yong‘inda ayblagan degan an’anaviy qarashga shubha bilan qaraydi (Shaw, Brent (2015-08-14). “The Myth of the Neronian Persecution”. The Journal of Roman Studies. 105: 73–100.).

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Shuningdek, Sizek o‘zining “Neron” kitobida ba’zi rimliklar baxtsizlikdan eslarini yo‘qotib, o‘z joniga qasd qilganini yozadi. Aholi orasida o‘limdan ko‘ra bu ofat keltiradigan qashshoqlikdan kamroq qo‘rqqanlar bor edi va mol-mulklarini saqlab qolish uchun o‘zlarini olovga tashlardilar. Kitobda yozilishicha, boshpanasizlar uchun vaqtinchalik uylar Neronning buyrug‘iga binoan Mars dalasida, Vatikan bog‘ida va uning saroyida quriladi. Ostiya va poytaxtga yaqin boshqa shaharlardan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beriladi, non narxi sun’iy ravishda pasaytiriladi. (Sizek, 1998, Pojar v Rime.)

    Hodisada kim aybdorligi borasida tortishuvlar deyarli yigirma asr davomida to‘xtovsiz davom etmoqda, ammo tarixchilarning barchasi birdek bu falokat qadimgi Rim uchun eng halokatlisi bo‘lganini ta’kidlaydi. Ayrim versiyalarga ko‘ra, voqeani uyushtirishdan maqsad Rimni eski xaroba binolardan tozalab, shaharni yangitdan qurish bo‘lgan. (Freeman, Charles (2014). Egypt, Greece, and Rome : civilizations of the ancient Mediterranean (Third ed.). Oxford.)

    Ba’zi tarixchilar Neronni hodisada aybladi va buning sababi sifatida imperator chidab bo‘lmas onadan, befoyda xotindan va sevgilisining rashkchi eridan xalos bo‘lish uchun imkoniyat topganini keltiradi. Ba’zilar manbalarda keltirilgan Neronning bolalikdan olovga bo‘lgan ishtiyoqini esga oladi. Boshqa olimlar imperatorni oqlaydigan tarixiy dalillarni keltirdi.

    Rus yozuvchisi A.V.Amfiteatrov o‘zining to‘rt jildlik “Tubsizlik yirtqichi” asarini Neronga bag‘ishlaydi. Unda u ham ijobiy, ham salbiy ko‘plab tarixiy guvohliklarini keltiradi. Umumiy xulosa shuki, barcha tarixchilar bu falokat qadimgi Rim uchun halokatli bo‘lgan degan fikrga qo‘shiladi. Hech qachon olov Rimga bunday dahshatli va ayanchli zarar yetkazmagan.

    Buyuk yong‘inning madaniy hayotdagi aks sadosi

    Rimning olov qurshovida qolishi va nasroniylarning qatl etilishi adabiyot va san’atda ham o‘z o‘rnini topdi. Polyak yozuvchisi Genrik Senkevichning 1894—1896-yillarda yozilgan “Kamo gryadeshi” tarixiy romanining markazi ham aynan Rim voqealaridir. Romanda Neron Rimga o‘t qo‘yish tashabbuskori sifatida ko‘riladi. “Rimda, ayniqsa uning kambag‘allar va varvarlar yashaydigan kvartallarida yong‘inlar tez-tez bo‘lib turardi”, deb yozadi u romanda.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Xuddi shu versiya nemis yozuvchisi Lion Feyxtvangerning “Soxta Neron” (1936-yil) romanida ham o‘z aksini topgan. Muallif romanda imperatorning xayolida shaharni yoqish g‘oyasi qanday paydo bo‘lganini yozadi: “U tor va iflos ko‘chalardagi g‘azablangan kambag‘allarni yomon ko‘rar edi. Bir kuni u Rim ko‘chalaridan birida to‘xtashga majbur bo‘ldi, chirigan sabzavot va go‘shtning hidi, ko‘cha sotuvchilarining qichqirig‘i va eshaklarning jirkanch hangrashi uning nozik ta’biga tegdi. Imperatorning boshida shafqatsiz va yomon fikrlar paydo bo‘ldi”.

    Ammo bu badiiy versiya edi. Eng qizig‘i shundaki, yong‘in boshlangan paytda Neron Rimda umuman bo‘lmagan. Bir hafta oldin dahshatli jazirama tufayli u dengiz sohiliga — Entoniga ketgan bo‘ladi. Dahshatli manzaradan zavqlanish uchun shaharga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan odam sifatida Neron o‘zini mantiqsiz tutadi. U poytaxtga olov allaqachon o‘z turar joyiga yaqinlashganda qaytgan.

    Neronning Rimga o‘t qo‘yishi haqida “Doktor kimdir” teleserialining “Jahannam” qismida ham so‘z boradi. Aynan shu hodisa to‘g‘risida 1973-yilda efirga uzatilgan “Katta burilish” sovet teleserialida ham so‘z boradi: serial qahramoni Nestor Petrovich tarix darsida bu hodisa haqida o‘quvchilariga aytib beradi.

    Norvegiyaning Ulver guruhi 2017-yilda buyuk Rim yong‘ini haqida “Nemoraliya” qo‘shig‘i bilan boshlanuvchi “Yuliy Sezarning o‘ldirilishi” nomli albom chiqaradi.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    18.07.2020, 21:54   Izoh (0)   90652
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni yana oshmoqda. Janubiy Koreyada kasallanganlar 13 711 nafarga yetdi

    18.07.2020, 18:10

    Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 14 milliondan oshib ketdi

    18.07.2020, 13:36

    Isroilda karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirildi

    18.07.2020, 08:52

    Amerikalik biolog koronavirusga immunitet borasida “ijobiy va salbiy” xulosalarni ma’lum qildi

    18.07.2020, 07:51

    Turkmanistonda barcha masjidlar yopilib, poyezdlar harakati to‘xtatildi. Mamlakatda koronavirus rasman qayd etilmagan

    18.07.2020, 06:08

    Deputatlar janjali, it go‘shti iste’moliga qarshi chiqqan koreyaliklar, quyoshning koinotdagi yangi suratlari. 17-iyul suratlari

    17.07.2020, 23:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” va “Manchester Yunayted” jahon chempioni uchun kurash olib bormoqda

    Sport | 19 may, 12:25

    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi

    Reklama | 19 may, 12:00

    Rossiyaga kirish uchun 30-iyundan QR kod talab etiladi

    Dunyo | 19 may, 11:51

    Ham ko‘ngilochar, ham tarbiyaviy: farzandlar bilan birga ko‘rishga arzigulik 5 ta film

    Kino | 19 may, 11:40

    Ronaldu yaqin kunlarda kelajagi borasida qaror qabul qiladi — Nikolo Skira

    Sport | 19 may, 11:20

    Everestga chiqish bo‘yicha rekord o‘rnatildi

    Dunyo | 19 may, 11:10

    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa

    Reklama | 19 may, 10:30

    Instagram: Ozoda Nursaidova Sabrinaga uy sovg‘a qildi, Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i Toshkentga qaytdi, Luiza Rasulova obodonlashtirish xodimlariga osh tarq...

    Shou-biznes | 19 may, 10:55

    O‘zbekistonda 20-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 19 may, 10:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.