Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyaning “Monako” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Robert Morenoni iste’foga chiqarishga qaror qildi. Bu haqda L’Equipe xabar bermoqda.

Foto: “Monako”

Foto: “Monako”

Fransiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, “Monako” 40 ochko to‘plagan holda, 9-o‘rinni egalladi.

Moreno 2019-yilning 28-dekabridan beri klubni boshqarib kelayotgandi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Manbaning xabariga ko‘ra, Morenoning o‘rnini “Bavariya” sobiq bosh murabbiyi Niko Kovach egallashi kutilmoqda. “Bavariya” uning qo‘l ostida (2018/19-yilgi mavsumda) Germaniya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozongan.

Shuningdek, klub bir qator futbolchilar bilan ham o‘zaro kelishib olishni rejalashtirmoqda. Ma’lumki, “Monako” Fransiyada PSJdan keyin futbolchilarga maosh to‘lash bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi, shuning uchun klub yaxshi takliflar chiqqan taqdirda, bir qator o‘yinchilarni sotishni rejalashtirmoqda. Benua Badiashile, Vissam Ben Yedder, Benyamin Henriks, Yussuf Fofana va Fode Ballo-Ture shular jumlasidandir. Bundan tashqari, klub ijaraga berilgan futbolchilardan ham qutulishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov