Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fiziolog va fizioterapevt Jeyms Smoliga insonning 10 daqiqada nechta xot-dog yeya olishi mumkinligini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda Science Alert xabar berdi.

Foto: Pixabay

Foto: Pixabay

Ekspert xot-dog yeyish tanlovlari natijalari bo‘yicha 39 yillik ma’lumotlarni o‘rgandi hamda ularni inson oshqozoni kengayish darajasi bilan solishtirdi.

Smoliganing aniqlashicha, odam 10 daqiqada 84 ta xot-dog yeya oladi.

Qayd etilishicha, xot-dog yeyish bo‘yicha Koni-Aylendda o‘tkazilgan musobaqa g‘olibi hozircha faqat 75 ta xot-dog yeya olgan.

Mutaxassis tadqiqot mobaynida so‘nggi yillardagi musobaqalar g‘oliblari o‘tgan asrdagi musobaqalar ishtirokchilariga nisbatan taom yeyishning faolroq darajasini ko‘rsatayotganini aniqladi. 1980-yilda odamlar bir daqiqada bitta xot-dog yeya olardi.

Jeyms Smoliganing qayd etishicha, ovqatni tez yutish ma’lum mashqlarni talab qiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)