Belarus Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligiga nomzodlarning daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni e’lon qildi. Amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenkoning ko‘chmas mulki va avtomobillari mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Lukashenkoning deklaratsiyasiga ko‘ra, u 2019-yilda ish haqi sifatida 117 ming Belarus rublidan (48 ming dollar) ko‘proq daromad olgan. Deklaratsiyaning “ko‘chmas mulk (yashash uylari, yer uchastkalari, kvartiralar, garajlar va boshqa binolar, qurilmalar) qatoriga hamda “boshqa mulklar” qatoriga “yo‘q” belgisi qo‘yilgan.
Mavzuga doir: Minsk Lukashenkoning o‘g‘lini “hisobida” qancha pul borligini aniqlash uchun Shveysariyaga rasmiy so‘rov yubordi
Eslatib o‘tamiz, Belarusda prezidentlik saylovlari 9-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)