Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyat IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi Jinoyat qidiruv bo‘limi tashabbusi bilan psixotrop dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi, — deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Foto: Samarqand viloyat IIB

Foto: Samarqand viloyat IIB

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning 11-iyul kuni soat taxminan 09:50 da Urgut tumanida yashovchi fuqaro B.U. 2,5 million so‘m evaziga sakkiz quti, jami 110 dona qadoqlangan “Lirika” psixotrop dorisini Sh. ismli shaxsga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Boshqarma tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv davomida fuqaro ushbu psixotrop dorilarni Toyloq tumanida tug‘ilgan O‘.B.dan sotib olganligi ma’lum bo‘lgan.

Foto: Samarqand viloyat IIB

Foto: Samarqand viloyat IIB

Samarqand viloyat transportda XTB JQB tezkor xodimlari tomonidan davom ettirilgan tadbirda fuqaro O‘.B. qo‘lga olinib, so‘roq qilingan. U “Lirika” psixotrop dorisini sotganini, dorini Toyloq tumanida tug‘ilgan M.X. ismli fuqarodan olganligini ma’lum qilgan.

Samarqand viloyat IIB transportda XTB JQB xodimlarining o‘sha kuni tadbiri davomida toyloqlik M.X. Damas rusumli avtomashinasida 63 quti, 882 dona qadoqlangan “Lirika” psixotrop dori vositasi bilan qo‘lga olingan.

Hozirgi kundan holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi