Londonlik sanoat dizayneri Xolli Graunds suvga tushganga sousga aylanadigan lapsha qadog‘ini yaratdi. Ekologik qadoqning asosiy masalliqlari — kraxmal, glitserin va suv deb, xabar beradi Dezeen.

Foto: Dezeen

Xolli Graunds yaqindagina universitetni tamomlagan. Ko‘plab talabalar kabi u ham muntazam tezkor tayyorlanuvchi lapshalar bilan ovqatlanib kelgan. Talaba har safar ovqat tayyorlangan so‘ng, tashlab yuboriladigan plastik idishlar haqida o‘ylagan.

Graunds kraxmal, glitserin va suvdan foydalangan holda tajriba o‘tkazishga qaror qilgan hamda uyining oshxonasida iste’mol qilsa bo‘ladigan qadoq yaratgan. Dizaynerning so‘zlariga ko‘ra, unga turli ziravorlarni, quritilgan krevetkalar va shunga o‘xshash boshqa narsalarni ham qo‘shish mumkin.

Foto: Dezeen

Qadoq lapshaning suvi qochishi va buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi, issiq suvga tushganida esa erib ketadi. Graunds o‘zining yesa bo‘ladigan nouxausini mumlangan qog‘oz ustiga qo‘yishni tavsiya qiladi.

Qizning ta’kidlashicha, u yaratgan qadoq boshqa mahsulotlar uchun ham qo‘l keladi.

Avvalroq bolalar uchun yesa bo‘ladigan qumni yaratgan ayol internetda mashhur bo‘lib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Foto: Dezeen

Foto: Dezeen