• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bag‘dodda hammayoq notinch. 14-iyul – Iroqda respublika tuzilishiga olib kelgan inqilob kuni

    Bundan roppa-rosa oltmish ikki yil muqaddam, 1958-yilning 14-iyul kuni erta tongda butun dunyoga Bag‘doddan dahshatli xabarlar kela boshladi: mamlakatda to‘satdan davlat to‘ntarishi sodir bo‘ldi... Fitnachilar qirol saroyi va radiostantsiyani qo‘lga oldi... Qirol Feysal II, sobiq regent Abd al-Ilaha va bosh vazir Nuri Saidning taqdiri noma’lumligicha qoldi… “Daryo” Iroqda qirollik oilasi ag‘darilib, respublika tuzilishiga olib kelgan inqilob haqida hikoya qiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bag‘dodda hammayoq tinch

    Bu xabarlardan atigi bir hafta oldin, Bag‘dodda hammayoq tinch edi. Barchasi bir kun oldin sodir bo‘ldi. 13-iyulga o‘tar kechasi, bosh vazir Nuri Said Iroqning Bosh harbiy shtab boshlig‘iga AQShning Livanga qarshi interventsiyasida qatnashish uchun ikkita harbiy brigada yuborishni buyurdi. Bir necha soatdan so‘ng, general Abdul Karim Qosim boshchiligidagi 19 va 20-harbiy qismlar doimiy joylaridan ko‘chib, rejalashtirilgan marshrutda poytaxt chekkasiga yetib borishdi.

    Ammo bu yerda ular to‘satdan 90 gradusga burilib, shahar markaziga keskin yurish qildi va qirollik qarorgohiga – uch qavatli muhtasham Ar-Rihab saroyiga etib borishdi. Bularning barchasi bir necha daqiqada sodir bo‘ldi va hech kim nimalar sodir bo‘layotganini anglay olmay qolgandi.

    Kutilmagan burilish

    Keyingi voqealar ham shiddatli kechdi. Ertalab soat 4:20 da qirol oilasi xotirjam dam oladigan saroy har tomondan askarlar bilan o‘rab olindi. O‘q ovozlari va qichqiriqlar qirol va uning qarindoshlarini uyg‘otdi, ular qandaydir buyruqlar berishga harakat qildi, ammo yaxshi qurollangan soqchilar (ehtimol, isyonchilar bilan oldindan kelishib) darhol isyonchilar tarafga o‘tib ketdi. Monarxga faqatgina bir nechta odamlar sodiq qolgan va u uchun o‘z hayotlarini berishga tayyor bo‘lgan. Biroq bu qurshov qirolga sodiq odamlarni ham qahramonlarcha o‘lishlariga yo‘l qo‘ymadi, chunki general Qosim shunchaki ar-Rihabni to‘plardan muntazam ravishda o‘qqa tutishni buyurdi.

    Tabiiyki, binoda yong‘in boshlandi. Yarim soat ichida buruqsigan qora tutun qamaldagilarni taslim bo‘lishga majbur qildi... Keyin ovoz kuchaytirgich orqali qirol oilasiga yonayotgan binoni tark etib, hovlida to‘planishni buyurishdi. Birinchi bo‘lib eshik oldida ming yillik tarixga ega bo‘lgan hoshimiylar sulolasining merosxo‘ri, bevosita payg‘ambarning avlodi bo‘lgan 23 yoshli Feysal paydo bo‘ldi. Uning ortidan amakisi Abd al-Ilaha, onasi Nafisa, singlisi Abadiyava o‘sha kuni saroyda bo‘lish kabi baxtsizlikka duchor bo‘lgan 14 kishidan iborat boshqa oila a’zolari ergashdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ularning barchasi, bunday holatlar uchun maxsus “ko‘zda tutilgan” urf-odatga ko‘ra, boshlari uzra Qur’on jildlarini ushlab turardi – bu Parvardigor yo‘lida ularni o‘ldirmaslik uchun ibodat qilib, rahm so‘rashning belgisi edi. Bir muddat havoda jimlik hukmron bo‘ldi. Keyin leytenant Abdul Sattor al-Abbosiykoshonadan chiqqanlarga devor qarshisiga turishni buyurdi. Bunday tavakkalchilikdan asablarini yo‘qotgan yosh ofitser o‘z askarlariga asirlarga qarata o‘t ochishni buyurdi. Devorlarga qon sachradi, o‘qlar muqaddas kitob sahifalarini teshib o‘tdi... Qirol Feysal va uning oila a’zolar halok bo‘ldi.

    Hukmron rejimning so‘nggi vakili, bosh vazir Nuri Said dastlab poytaxtdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ba’zi sabablarga ko‘ra, u yana Bag‘dodga qaytib keldi va qo‘lga olinib otib o‘ldirildi. Bir necha kun davomida uning jasadi ko‘chalarda yotdi, shundan keyin uni noma’lum joyga ko‘mib yuborishdi.

    15-iyul kuni ertalab soat oltida mamlakat bo‘ylab qurolli qo‘zg‘olon bo‘lgani va natijada, zo‘ravon qirol hokimiyati ag‘darilib, hukumat esa tarqatib yuborilgani e’lon qilindi.

    “Ozod ofitserlar” 

    Aslida, rejimni ag‘darishning yashirin rejasi haqidagi eng kichik tafsilotlargacha yozilgan hisobot qirol saroyiga inqilobdan bir oy oldin yetib kelgandi. Bu hisobot hattoki qirolning Abd al-Ilah, Nuri Said va Bosh shtab boshlig‘i Rafiq Oriflar bilan tezkor uchrashuvi uchun sabab bo‘lgan. Ular hisobotda ismlari tilga olingan barcha ofitserlarning shaxsiy fazilatlari va kayfiyatlarini batafsil muhokama qiladi va ulardan hech qanday xavf yo‘q degan xulosaga kelishadi: bu odamlarning barchasi “yaxshi oilalar”dan kelib chiqqan, rejimga sodiq va bizga qarshi chiqishlari mumkin emas. Ammo 14-iyul to‘ntarishida qatnashgan ishtirokchilar kim bo‘lgan va qayerdan kelib qolgan?

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Ozod ofitserlar” maxfiy jamiyati 1940-yillarning oxirida paydo bo‘lgan, ammo o‘n yildan so‘ng u o‘z safiga atigi 300 kishini birlashtira olgan xolos. Biroq bu tashkilot ichida ham birlik yo‘q edi: tashkilot uchta asosiy guruhga bo‘lingan. Ulardan birinchisi va eng ta’sirchanini polkovnik (keyinchalik general) Abdul Karim Qosim va polkovnik Abdul Salom Oriflar boshqargan; unda badavlat oilalardan bo‘lgan zobitlik vakillari bor edi.

    Ular o‘zlarini millatchilar va fuqarolik muxolifati yetakchisi general Rashid al-G‘aylonining mafkuraviy merosxo‘rlari sifatida ko‘rardi. General G‘ayloniy 1941-yilda Iroqni fashistlar Germaniyasi hisobidan inglizlardan xalos etishga harakat qilgan edi. Yevropalashgan Turkiya respublikasiularga siyosiy ideal sifatida xizmat qildi. Boshqa guruhlar esa ko‘proq konservativ qarashlarga ega edi.

    Ikkinchi guruhga yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida Iroq tarixida katta rol o‘ynashi kerak bo‘lgan Baas partiyasi (Uyg‘onish) a’zosi bo‘lgan polkovnik Rifaat Sirri tarafdorlari kirgan.1947-yilda Damashqda tashkil etilgan bu partiya barcha arab davlatlarini dunyoviy va sotsialistik asosda birlashtirish uchun kurashgan. U ziyolilar orasida katta ta’sirga ega edi va chet eldan, ayniqsa, Suriyadan qo‘llab-quvvatlanardi. Bir vaqtlar uni ko‘plab arablarning kumiri – Misr prezidenti Jamol Abdul Nosir ham qo‘llab-quvvatlagan.

    Nihoyat, Attshan al-Azarjavi boshchiligidagi ozod ofitserlarning uchinchi qanoti. Ular ochiqdan-ochiq kommunistlarga moyillik bildirardi, chunki bu qanot asosan kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan leytenantlar va kapitanlardan iborat edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, qirol oilasini otib o‘ldirgan leytenant al-Abbosi ham  shu uchinchi guruhga tegishli bo‘lgan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qo‘zg‘olonboshi hamisha o‘z va’dalarini unutadi

    14-iyuldan so‘ng davlatni boshqarish vositalari darhol tabiiy ravishda to‘ntarishning bevosita rahbarlari qo‘liga o‘tdi. Birinchi “suveren respublika hukumati”ni “Ozod ofitserlar” tashkilotining rasmiy rahbari, 44 yoshli brigada generali Abdul Karim Qosim va uning o‘rinbosari, “Ozod ofitserlar” millatchi qanotining rahbari, 37 yoshli Abdul Salom Oriflar egalladi.

    Mamlakatga to‘ntarish bilan birga kirib kelgan ommaviy mitinglar, ularni xalqqa erkin saylovlar va demokratik islohotlarni va’da qilishga majbur qildi. Aslida, Qosim o‘z shaxsiy hokimiyatini kuchaytira boshladi va bergan va’dalarini unutdi. O‘z maslakdoshi general Abdul Salom Orifni G‘arbiy Germaniyaga elchi qilib yubordi, bu ham, aslida, surgun va yakka xokimlikka intilish edi.

    Yangi fitna

    1963-yil boshida Qosim o‘z nutqlarining birida 29 ta suiqasddan omon qolgani bilan maqtandi. Ammo bu vaqtga kelib endi unga qarshi yangi va eng xavfli fitna vujudga kela boshlagandi. Bu fitnada millatchilar, Baas yetakchilari va hatto qirolning sobiq ittifoqchilari birlashishi mumkin edi.

    O‘sha yilning 8-fevral kuni ertalab Bag‘dod garnizonining tank va piyoda qo‘shinlari, xuddi besh yil avvalgidek, yana inqilobchilarga sodiq qoldi. Qosim va uning sodiq ofitserlari Mudofaa vazirligi binosida qamalda qoldi. Bino darhol o‘qqa tutildi, bu safar nafaqat artilleriya, balki aviatsiya ham ishtirok etdi. Qonli Iroq inqilobi g‘ildiragi navbatdagi aylanishini amalga oshirdi.

    Qosimning yonida kommunist otryadlari bor edi xolos, ammo ular armiya bilan kurasha olmadi. Oradan bir kun o‘tgach, diktator taslim bo‘ldi. Isyonchilar uni generallar Taha Ahmad va Fodil al-Mahdavilarni davlat televideniyesi va radio shirkati binosiga olib bordi. Ularni shu yerda qatl qilishdi va o‘ldirilgan generalning stulda o‘tirgan tanasini bir necha kun davomida televideniye orqali namoyish etishdi.

    Hokimiyat tepasiga Baasning o‘ng qanotidagi millatchilar koalitsiyasi keldi. G‘arbiy Germaniyadan qaytib kelgan Abdul Salom Orif mamlakat prezidenti bo‘ldi. Bosh vazirlikka general Ahmad Hasan al-Bakr tayinlandi.

    Fitnalar yurti

    Biroq, shunga qaramay, Iroqda qator qo‘zg‘olonlar va to‘ntarishlar to‘xtamadi. Baaschilarning siyosiy maydondan chekingan so‘l qanot vakillari prezidentning xavfsizlik xodimlari bilan ittifoq tuzdi va o‘z navbatida, yangi maxfiy jamiyat – Arab inqilobiy harakatini tuzdi. 1968-yil iyulda monarxiya ag‘darilgandan roppa-rossa 10 yil o‘tgach, davlat rahbari chet elda bo‘lgan paytdan foydalanib, yana yangi fitna amalga oshirildi. Bu safar Iroq siyosiy maydonining katta sahnasiga Saddam Husayn chiqishi kerak edi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya...

    Nurbek Alimov tayyorladi. 

    14.07.2020, 23:05   Izoh (0)   52659
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Liviya parlamenti Misrga mamlakatdagi mojaroga aralashishga ruxsat berdi

    14.07.2020, 17:45

    Xitoyda so‘nggi sutkada 8 kishida, Janubiy Koreyada esa 33 kishida koronavirus aniqlandi

    14.07.2020, 17:10

    JSST 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarda koronavirusga chalinish ehtimoli kamligini ma’lum qildi

    14.07.2020, 16:24

    Belarusda saylovoldi kampaniyasi boshlanganidan buyon 700 nafardan ziyod odam hibsga olingani ma’lum qilindi

    14.07.2020, 16:12

    15-iyuldan Rossiyaga xorijdan kelganlar uchun majburiy ikki haftalik izolyatsiya rejimi bekor qilinadi

    14.07.2020, 15:59

    Qozog‘istonda bir million kishining oziq-ovqati uchun pul ajratiladi

    14.07.2020, 15:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.