Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 35-turida “Manchester Yunayted” 13-iyul, dushanba kuni “Sauthempton” bilan bahs olib bordi.

Foto: Twitter

Uchrashuv mezbonlarning hujumlari bilan boshlangan bo‘lsada, birinchi bo‘lib “Sauthepmton” futbolchilari hisobni ochdi. 12-daqiqada Pol Pogbaning xatosidan keyin yuzaga kelgan vaziyatni Styuart Armstrong gol bilan yakunladi.

20-daqiqada Markus Reshford Antoni Marsyalning uzatmasidan keyin darvozani ishg‘ol qildi. Oradan uch daqiqa o‘tib endi Marsyal o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari faollikni biroz kamaytirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida “Yunayted” bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi: Brendon Uilyams jiddiy jarohat olib o‘yinni davom ettira olmadi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda mehmonlar to‘p kiritib, muvozanatni tiklashga erishdi.

Shu tariqa “Manchester Yunayted” 59 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi va uchinchi pog‘onaga ko‘tarilib olish imkoniyatidan foydalana olmadi.

APL

35-tur bahsi

13-iyul, dushanba

“Manchester Yunayted” — “Sauthempton” 2:2

Gollar: 0:1 – 12 Armstrong, 1:1 – 20 Reshford, 2:1 – 23 Marsyal, 2:2 – 90+6 Obafemi.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Shou (Uilyams, 75), Maguayr, Lindelyof, Pogba (Fred, 63), Brunu Fernandesh (Maktominay, 84), Matich, Marsyal, Grinvud (Jeyms, 84), Reshford.

“Sauthempton”: Makkarti, Stivens, Bednarek, Uoker-Piters, Bertran, Romeu (Obafemi, 87), Armstrong (Smollboun, 70), Uord-Prouz, Redmond, Adams (Long, 64), Ingz.

Ogohlantirishlar: Uord-Prouz (44), Stivens (53), Uoker-Piters (56), Uan-Bissaka (90).

35-turdan so‘ng APL musobaqa jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!