Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 9-turida “Navbahor” 13-iyul, dushanba kuni “Qizilqum”ni qabul qildi.

Foto: PFL

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida darvozalar dahlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim boshida namanganliklar penalti ishlab oldi. 11 metrlik jarima zarbasini Azim Ahmedov golga aylantirdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Navbahor” ochkolarini 17 taga yetkazib oldi va uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Qizilqum” 2 ochko bilan 13-pog‘onada bormoqda.

Andrey Kanchelskis shogirdlari keyingi turda “Surxon” bilan o‘ynaydi. “Qizilqum” esa “Buxoro”ni mehmon qiladi.

Coca-Cola Superliga

9-tur bahsi

13-iyul, dushanba

“Navbahor” — “Qizilqum” 1:0

Gol: 1:0 – 49, penalti Ahmedov.

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Azim Ahmedov ( Pavel Golishev, ‌82), Javlon Ibrohimov, Aziz Turg‘unboyev, Mirzohid G‘ofurov (G‘iyosjon Komilov, 63), Igor Golban, Islom Rashidxonov (Zabihillo O‘rinboyev, 46), Xurshidbek Muxtorov, Tohirjon Shamsiddinov, Abbosjon G‘ulomov (Islombek Isoqjonov, 63), Ruslan Bolov.

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Abdi Bashimov, Vezirgeli Ilyasov (Vohid Shodiyev, 79), Ruslan Margiyev, Qadamboy Nurmetov, Fayzullo Qambarov, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Makkartni Nevaseb (Sunnatilla Abdullajonov, 64), Oleg Tolmasov, Doston Ibragimov.

Ogohlantirishlar: Ilyasov (43), Nurmetov (48), G‘ofurov (58), Margiyev (74).

Chetlatish: Margiyev (86).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!