Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyatida Damas rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokida sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. IIV YHXBBning ma’lum qilishicha, avariya mashina haydovchisining uyqusirashi oqibatida yuzaga kelgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

“7-iyul kuni erta tongda yordamga chaqirilgan tez tibbiy yordam xodimlari bemorga yordam ko‘rsatish uchun yo‘lga otlangan. Ammo uyqusiragan har ikki xodim yo‘lda nazoratni yo‘qotgan va mudhish voqea qurboniga aylangan”, — deyiladi xabarda.

Yo‘l-transport hodisasi soat 05:25 larda Buxoro viloyati hududidan o‘tgan A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yo‘lining 345-kilometrida sodir bo‘lgan. 32 yoshli Y.P boshqaruvida bo‘lgan Damas yo‘l chetida to‘xtab turgan Isuzu rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Olingan tan jarohatlari oqibatida haydovchi va mashina ichida bo‘lgan hamshira voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Peshku tumani IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati IIB YHXB hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutassadilari ishtirokida kelgusidagi bu turdagi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida keng miqyosda profilaktik tadbirlar amalga oshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hozir barcha kuchlarni aholiga gaz yetkazib berishga safarbar qilganmiz” — “Hududgazta’minot” rahbari
Salomatlik
Bayramgacha tezda vazn yo‘qotamiz: parhezshunosdan maslahatlar
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi