O‘zbekistonda 11-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 12 513 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanganlarning

  • 34 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
  • 62 nafari Andijon viloyatida (shundan 43 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 19 nafari aholi orasida);
  • 15 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

11-iyul kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 140 nafar, Andijon viloyatida 31 nafar, Jizzax viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 193 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, mamlakatda 7723 (+193) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (61 foiz) sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistonda 4733 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda 11-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12 402 nafarni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.

Epidemiya boshlanganidan beri kasallik oqibatida vafot etgan bemorlar soni esa 57 nafarga yetgan.