Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiy viloyati Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan ajratilgan 500 million so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Navoiy viloyat Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslariga hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Navoiy viloyati Sanitariya va epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslarining asosiy vazifasi mamlakatda koronavirus pandemiyasi sababli karantin e’lon qilinganligi munosabati bilan viloyatda sanitariya va epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘lsada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi PF-5969-sonli farmoni asosida tashkil qilingan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobidan ajratilgan mablag‘larni maqsadsiz sarflagan”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Ma’lum qilinishicha, markaz mansabdor va moddiy javobgar shaxslari jami 509,8 million so‘mlik tovar moddiy boyliklarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Jinoyat ishining tergovi davomida markaz ombor mudiriga 27-iyun kuni va markaz bosh vrachiga 4-iyul kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mansab soxtakorligi), 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan ayblov e’lon qilinib, qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi doirasida holatga aloqador boshqa shaxslarning ayblilik masalasi hal qilinmoqda.

Shuningdek, markazning 7 nafar mansabdor va moddiy javobgar shaxslarning turar joylarida tintuvlar o‘tkazilganda, markaz rahbarining xonadonidan 6 dona ko‘p tarmoqli davolash va 1 dona tashxis qo‘yish uskunasi hamda markazning 2019-yil uchun yuritilgan buyruqlarni ro‘yxatga olish kitobi, xo‘jalik mudirining xonadonidan 8 to‘plam infeksiyaga qarshi maxsus himoya kiyimi va 5 turdagi tibbiy himoya vositalari olingan.

Jinoyat ishi bo‘yicha Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq mazkur ish bo‘yicha 222 million so‘mdan ko‘p pul mablag‘lari o‘zlashtirilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatida 7-iyuldan buyon koronavirusga chalingan uch nafar bemor vafot etdi. Viloyatda 10-iyul kuni 17 kishida koronavirus aniqlandi, 9-iyul holatiga ko‘ra, viloyatda koronavirusga chalingan bemorlar soni 307 kishini tashkil qilayotgandi, 272 nafar bemor kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi