9-iyul, payshanba kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Hindistonning Chennay shahrida onasining sharfi bilan yuzini to‘sib turgan bolakay.
Foto: Getty Images
Avstraliyaning Jisborn shahrida Viktoriya tumani politsiyasi haydovchilik guvohnomalarini tekshirmoqda.
Foto: EPA
Angliyaning Bristol shahrida shaharni xavfsiz ochish tashabbusi ko‘tarilayotgan vaqtda Kuin Skver hududida bir-biridan uzoqlashayotgan yuraklar tasviri.
Foto: PA
Germaniyaning Erfurt shahrida qo‘shiqchi va musiqachilar ochiq osmon ostidagi Cathedral Steps festivalining tayyorgarlik jarayonida qatnashmoqda. Italyan opera musiqa kechasi juma kuni bo‘lishi rejalashtirilgan.
Foto: AP Photo
G‘azo sektoridagi Rafax shahrida 17 yil davomida Isroildagi qamoqxonada o‘tirgan o‘g‘li bilan uchrashuvini taqvimda belgilab kutayotgan Samix Kayden.
Foto: Getty Images
Yaponiya Mudofaa vazirligi Kyusyu orolidagi suv toshqini ortidan kelib chiqqan talafotni bartaraf etish uchun 20 ming nafar harbiyni yubordi.
Foto: Reuters
AQShning Virjiniya shtatidagi Richmond shahrida fuqarolar urushi vaqtida qahramon bo‘lgan general Styuartga qo‘yilgan haykal olib tashlandi.
Foto: Reuters
Ukrainaning Lugansk viloyatidagi ayrim tumanlarda yuz bergan yirik o‘rmon yong‘inlari sababli mamlakat rahbari Vladimir Zelenskiy hududda bo‘ldi.
Foto: Reuters
Fransiyaning Kann shahrida karantin choralari bekor qilinganidan so‘ng plyajlar odamlar bilan to‘ldi.
Foto: Reuters
Namoyishchilar Serbiyaning Belgrad shahridagi parlament binosi oldida hukumatga qarshi miting paytida politsiya bilan to‘qnashuvda tosh uloqtirmoqda.
Foto: Reuters
Harbiy samolyotlar Fransiyaning Parijdagi Bastiliyaning qo‘lga olish kunini nishonlash uchun tayyorgarlik jarayonida.
Foto: Reuters
Yaponiyaning Kumamoto prefekturasida yomg‘ir yog‘ishi oqibatida suv toshqinida zarar ko‘rgan mashina eshigini ochayotgan erkak.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Foto: Yaponiyada 52 kishining umriga zomin bo‘lgan hamda minglab odamlarni uysiz qoldirgan suv toshqini
Braziliyaning Rorayma shtatidagi Altu-Alegri munitsipial hududida Yanomami etnik guruhining vakili bo‘lgan bolakay.
Foto: Reuters
Mehmonlar Belgiyaning Borglon yaqinidagi qishloq joylarida sayyohlar uchun ajoyib turar joyni taklif qiluvchi niderlandiyalik rassom Dre Vapenaar tomonidan yaratilgan yog‘ochdan osilgan tomga o‘xshash chodirda o‘tiribdi.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Namoyishga chiqqan kelinchaklar, sudga kelayotgan aktyor, ovqat tarqatayotgan o‘t o‘chiruvchilar. 7-iyul suratlari
- Dronlardan yasalgan niqobli odamlar, qurollar ichidagi bolakay, duo qilayotgan o‘quvchilar. 6-iyul suratlari
- 4 ming dollarlik niqob, 1 daqiqada 40 dan ortiq xot-dog yegan ayol, gulxan ustidagi odamlar. 5-iyul suratlari
- Koronavirusga qarshi dori, aviazarbalar ostidagi Yaman, kuryerlar namoyishi. Hafta suratlari