6-iyul, dushanba kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

G‘azo shahrida Isroil aviazarbalari tushgan hududdagi devor yonida turgan falastinlik erkak.

Foto: Reuters

Yamanning Sana shahrida qurolli xusitlar orasida o‘tirgan bola.

Foto: Reuters

Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahridagi sartaroshxonada mijozga xizmat ko‘rsatayotgan Shon Loulor.

Foto: PA

Yaponiyaning Kumamoto hududida politsiya mashinasiga chiqayotgan ayol. Kuchli toshqindan odamlarni qutqarish ishlari davom etmoqda.

Foto: AP Photo

Shri-Lankaning Kolombo shahrida ibodat qilayotgan niqobli o‘quvchilar. Hukumat maktablarni 6-iyuldan boshlab qayta ochdi.

Foto: Getty Images

AQShning Gilroy hududida yuz bergan o‘rmon yong‘ini.

Foto: AP Photo

Xitoyning Syuanchjou shahrida lotos gullariga qarab turgan sayyohlar.

Foto: Getty Images

Fransiyaning Parij shahridagi Luvr muzeyi oldida Mona Lizaning suratlarini ushlab turgan odamlar. Muzey 16 haftalik tanaffusdan so‘ng qayta ochildi.

Foto: Getty Images

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida ayol burnidan testga namuna olayotgan tibbiyot xodimi. Hindiston dunyoda pandemiyadan jabr ko‘rgan uchinchi mamlakat maqomida.

Foto: AP Photo

Vengriyaning Sigetmonostor shahrida erta tongda oftobda toblanayotgan kungaboqarlar.

Foto: EPA

Janubiy Koreyaning Seul shahrida Xan daryosi uzra mamlakatni qo‘llab-quvvatlovchi surat aks ettirib uchayotgan dronlar.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyaning London shahrida qayta ochilgan Torp bog‘ida niqobdagi odamlar.

Foto: Reuters

Nyu-York shahrida qayta ochilgan sartaroshxonada soch oldirayotgan mijoz.

Foto: Reuters

Nyu-York shahridagi barda tamaddi qilayotgan odamlar.

Foto: Reuters

Xitoyning Syanszyan tumanida uzoq davom etgan yog‘ingarchiliklardan so‘ng jabrlangan yo‘l.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniyadagi St Villa restoranida ochiq maydonchada o‘tirgan odamlar.

Foto: Reuters

G‘azo shahrida koronavirus cheklovlari yumshatilganidan so‘ng plyajda dam olayotgan odamlar.

Foto: Reuters