7-iyul, seshanba kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.
Filippinning Zamboanga shahridagi qishloqda cho‘kib ketgan samolyot yonida yurgan qo‘riqchilar. Manbalarga ko‘ra, 2 ta motorli samolyot bortida 4 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Foto: EPA
Angliyaning London shahrida aktyor Jonni Depp Sun gazetasiga qarshi sud ishida qatnashish uchun Oliy sudga kelmoqda.
Foto: Rex
AQShning Yangi Orlean hududidagi hayvonot bog‘ida bir oylik mandril onasi bilan birga oziqlanmoqda. Ayni damda bog‘ cheklangan miqdordagi tashrif buyuruvchilar uchun ochiq.
Foto: AP Photo
Germaniyaning Embzen kommunasidagi maktabda yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchilar.
Foto: AP Photo
Rossiyaning Sochi shahridagi Olimpiada bog‘idagi mash’ala yonida joylashgan kuylovchi favvora.
Foto: “TASS”
Suriyaning Idlib shahridagi qochoqlar lagerida flebotomili tuproq chivinlarining chaqishi natijasida yuzaga keladigan leyshmanioz parazit kasalligiga chalingan bola. Noqulay hayot tarzi va yetarli bo‘lmagan tibbiy xizmat natijasida ushbu kasallik soni keskin ortdi.
Foto: Getty Images
Italiyaning Rim shahridagi Trevi favvorasi yonida oq ko‘ylakdagi kelinlar nikoh marosimlarining ortga surilishiga qarshi namoyishga chiqdi.
Foto: Getty Images
Avstraliyaning Melburn shahrida o‘t o‘chiruvchilar umumiy turar-joy aholisiga ovqat tarqatishga tayyorlanmoqda. 9 ta bino virus tarqalishining oldini olish maqsadida yopilgani sababli 3000 nafar aholi xonadonlarini 5 kun davomida tark eta olmadi.
Foto: AP Photo
Mavzuga doir: Koronavirus sababli Ispaniyada bir qator cheklovlar qaytadan joriy qilindi va plyajlar yopildi
AQShning Nyu-York shahridagi Quyi Manxetten tumanidagi Butunjahon savdo markazi binosini o‘rab turgan yashinlar. Ular Gudzon daryosiga urilmoqda.
Foto: Getty Images
Myanmaning Xpakant shahrida kechki bozorda konchilar nefrit toshini brokerlarga taklif etmoqda. Yaqinda Myanmada eng yirik halokatlardan birida nefrit koni o‘pirilishi natijasida eng kamida 170 nafar konchi halok bo‘lgan edi.
Foto: Getty Images
Xitoyning Anxoy provinsiyasidagi kuchli yomg‘ir natijasida suv bilan to‘lib toshgan hududda qo‘lbola qayiqda ketayotgan odamlar.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Foto: Yaponiyada 52 kishining umriga zomin bo‘lgan hamda minglab odamlarni uysiz qoldirgan suv toshqini
Mexiko shahrida do‘konlari ochiq tumanga kirish uchun yurib kelayotgan odamlar. Mamlakatda pandemiya cheklovlari sekin-asta yumshatilmoqda.
Foto: Reuters
Angliyaning London shahrida “Globus” teatrini teatrlarni qutqarish bo‘yicha #scenechange kampaniyasi doirasida pushti rangli tasma bilan o‘rab chiqayotgan xodim.
Foto: Reuters
Mavzuga doir: Qo‘rqinchli London. 7-iyul — Britaniya tarixidagi eng yirik terrorchilik akti sodir etilgan kun
Chilining Santyago shahridagi El-Pino-de-San-Bernardo kasalxonasida koronavirusga chalingan bemor uchun skripka chalayotgan hamshira.
Foto: Reuters
Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:
- Dronlardan yasalgan niqobli odamlar, qurollar ichidagi bolakay, duo qilayotgan o‘quvchilar. 6-iyul suratlari
- 4 ming dollarlik niqob, 1 daqiqada 40 dan ortiq xot-dog yegan ayol, gulxan ustidagi odamlar. 5-iyul suratlari
- Koronavirusga qarshi dori, aviazarbalar ostidagi Yaman, kuryerlar namoyishi. Hafta suratlari
- Suddan chiqayotgan qaynana, beysbol tayog‘ini ushlagan Tramp, Moskvadagi yong‘in. 3-iyul suratlari