Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov hokimlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda koronavirus sabab viloyatda vaziyat yaxshi emasligini bildirdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmatiga tayanib, “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar berdi.

“Kundan kunga kasallanganlar soni ko‘paymoqda. Ko‘pchilik fuqarolarimiz karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzishga o‘tdi. Bu yaxshilikka olib kelmaydi, — dedi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov. — Bugun ham (7-iyul kuni nazarda tutilmoqda) bitta o‘lim holati qayd etildi. O‘lim holati viloyatda uchtaga yetdi. Bu yaxshilikdan dalolat bermaydi. Hamma karantin qoidalariga rioya qilishi shart, majbur. Shu holatda davom etsak, Samarqand shahrining qizil hududga o‘tish xavfi katta. Cheklovlar qat’iy bo‘ladi. Biz buni jilovlay olmay qolamiz. Ko‘p narsa o‘limga borib taqaladi. Bugun biz xulosa qilib olishimiz kerak”.

https://www.youtube.com/watch?v=HhNOPF5iFQ0

Erkinjon Turdimovning ma’lum qilishicha, viloyatda koronavirusdan kasallanganlar soni bugungi kunda 495 nafarni tashkil qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, eng yomon ahvol Samarqand shahrida bo‘lib, bu yerda 162 nafar bemor bor. Shulardan 121 nafari sog‘aygan. Pastdarg‘om tumani 29 nafar bemor sabab, “yashil” hududdan “sariq” hududga o‘tkazilgan. Samarqand tumanida esa 44 nafar bemor bo‘lib, 35 nafari sog‘aygan. Shuningdek, Narpay tumanida 11 nafar bemorning 6 nafari, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 14 nafar bemorning 10 nafari, Payariq tumanidagi 37 nafar bemorning 33 nafari sog‘aygan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 6-iyul soat 23:30 dan 7-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirusga chalinganlar soni 308 kishiga oshdi. O‘zbekistonda ketma-ket 5-kun kunlik kasallanganlar soni 300 nafardan oshmoqda. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 10 670 nafarga yetdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi