Buxoroda janjallashayotgan fuqarolarni ajratmoqchi bo‘lgan ayolning o‘zi kaltaklandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 26-iyun kuni soat 15:00 da 30 yoshli N.R. Buxoro shahrida joylashgan Perinatal markaz oldida kuyovi J.S. bilan oldindan bo‘lgan kelishmovchilik sabab o‘zaro janjallashgan. Ularni ajratish maqsadida yordamga kelgan ayolni esa N.R. qo‘llari bilan urib, unga o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahri bo‘yicha IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
- Sirdaryoda 6 nafar mast fuqaro tez yordam xodimlarini kaltakladi
- Buxoroda yaxshilik qilib ota-bola janjalini tinchitmoqchi bo‘lgan yigit kaltaklandi
- Samarqandda 63 yoshli fuqaroga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqqa olindi
- Marg‘ilonda non sotayotgan fuqaro niqob taqishni talab qilgan IIB xodimini do‘pposladi