So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12315
    • RUB 138.99
    • EUR 13489.85
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +14°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    AQSh tashkiloti O‘zbekistonga 600 ming dollarlik insonparvarlik yordamini yubordi

    03.07.2020, 14:06 14153

    Project Hope xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti (AQSh) koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish doirasida O‘zbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.

    Foto: “Dunyo” agentligi

    Foto: “Dunyo” agentligi

    Uzbekistan Airways’ning maxsus borti orqali 30-iyun kuni umumiy qiymati 600 ming dollarga teng individual himoya vosiyalari, antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar, 20 mingga yaqin koronavirusni aniqlovchi testlar, shuningdek, defibrillyator va kardiomonitorlar olib kelingan.

    Iyul oyining boshlarida Amerikaning Globus Relief notijorat tashkiloti yana 800 ming dollarlik yukni — 2 mingdan ortiq tibbiy buyumlar o‘rin olgan ikkita konteynerni O‘zbekistonga yuborishi rejalashtirilgan.

    Shuningdek, Amerikadagi yana bir nodavlat tashkilot O‘zbekistonning muhtoj aholisiga oziq-ovqat mahsulotlarini — 400 ming dollarlik un, guruch, yog‘, sahakar, tuz va go‘sht mahsulotlarini yuborish bo‘yicha loyihani ishga tushirgan.

    Barcha mahsulotlar O‘zbekistondagi bozorlar va supermarketlardan xarid qilinadi hamda butun respublika bo‘ylab tarqatiladi, xususan, Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rgan Sirdaryo aholisiga ham.

    O‘zbekistonga umumiy qiymati 1,8 million dollarga teng insonparvarlik yordamini ko‘rsatish borasidagi kelishuv respublikaning Vashingtonda bir qator Amerika xayriya tashkilotlari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari davomida erishilgan.

    Avvalroq O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasi Sardobaga 30 ming dollarlik insonparvarlik yordami yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: AQSh Sirdaryoda toshqindan zarar ko‘rgan oilalar uchun insonparvarlik yordami yetkazib berdi (foto)

    Bundan tashqari, AQSh hukumati va Xalqaro taraqqiyot agentligi koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga yaqindan ko‘mak bermoqda. Xususan, agentlik O‘zbekistonga fevral, mart va aprel oylarida yordam ko‘rsatdi. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC/CAR) Markaziy Osiyo hukumatlarining COVID-19’ga qarshi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6,8 million dollar ajratdi, buning 2,07 million dollari esa O‘zbekistonga berildi. Shuningdek, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar doirasida AQSh hukumati USAID orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 million dollar ajratishi ma’lum qilindi. USAID pandemiya vaqtida Markaziy Osiyo mehnat muhojirlari himoyasi uchun 2 million dollar ajratadi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Karlo Anchelotti bilan shartnomani uzaytiradi

    Bugun, 16:03

    “Biz elektromobillarning ko‘payishini qo‘llab-quvvatlaymiz” — Jo‘rabek Mirzamahmudov

    Bugun, 15:58

    Olmaliqda kadastr xodimi pora olayotganida qo‘lga tushdi

    Bugun, 15:45

    Ukrainalik rasmiy Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasidagi “dahshatli” kelishmovchilik haqida ma’lum qildi

    Bugun, 15:36

    Molini olib ketmasliklarini so‘rab yig‘layotgan bola, 5 sutkalik qamoqqa ketgan qarindosh, tortib olingan qo‘ylarni sanayotgan ayol: Chustda qarzdorlikni undiruv h...

    Bugun, 15:22

    “Hukm” turk seriali xalqaro Emmi mukofotiga sazovor bo‘ldi

    Bugun, 15:20

    Yaponiyada AQSH harbiy samolyoti halokatga uchradi

    Bugun, 14:50

    “Korrupsiya 1-sinfga qabulda ko‘proq uchramoqda” — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshlig‘i Shavkat Hamrayev

    Bugun, 14:39

    O‘zbekistonda pedagoglarga malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

    Bugun, 14:20

    Amerikalik xonanda Jennifer Lopes so‘nggi 10 yil ichidagi ilk albomini chiqaradi

    Bugun, 13:51

    Tavsiya etamiz

    Marsda yashashga tayyorgarlik, chiqindi qutisini titayotgan yigit, go‘zallik ma’budasi tug‘ilgan joy — 28-noyabr suratlari

    23:00 / 28.11.2023

    Uylariga qaytayotgan falastinliklar, butun boshli shaharni vayron qilgan to‘fon, Yangi yilga bezatilgan Oq uy — 27-noyabr suratlari

    23:00 / 27.11.2023

    Falastinliklar uchun ommaviy qabr, mehmonxonaga joylashgan kurkalar, Shukronalik kuniga bag‘ishlangan parad — hafta suratlari

    22:00 / 26.11.2023

    “15 sutkaga tiqasan, kimi kelsa ham chiqarmaysan”. Termiz hokimi qonun himoyachilarining ko‘z o‘ngida O‘zbekiston qonunlarini oyoqosti qildi

    17:00 / 26.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.