O‘zbekistonda 2020-yil 1-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 110 nafarga ko‘paydi. Kasallanganlarning umumiy soni 8781 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 69 tasi karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
  • 26 tasi Toshkent shahrida (shundan 13 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 tasi esa aholi orasida);
  • 10 tasi Sirdaryo viloyatida (shundan 5 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 tasi aholi orasida);
  • 2 tasi Buxoro viloyatida (shundan 1 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 tasi aholi orasida);
  • 2 tasi Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida;
  • 1 tasi Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Avval O‘zbekistonda 1-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 44 nafarga ko‘payib, 8671 nafarga yetgani xabar qilingandi. 1-iyul kun davomida jami  278 ta yangi kasallanish holatlari aniqlangan.

2020-yil 1-iyul kun davomida 165 nafar (avval 55 nafar bemor tuzalgandi) bemor COVID-19’dan tuzalib (66 foiz), O‘zbekistonda infeksiyadan sog‘ayganlarning umumiy soni 5847 nafarga yetgan. Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2907 nafar bemordan 18 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

15-mart, ya’ni O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi boshlanganidan beri jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Eng birinchi o‘lim 27-mart kuni Namangan viloyatida kuzatilgan. 27-qurbon esa g‘uzorlik 64 yoshli erkak bo‘lib turibdi.