Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarining 1-sinfiga o‘quvchilarni qabul qilish jarayoni 6-iyuldan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, 1-sinfga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish pandemiya sharoitini inobatga olgan holda

  • 6—31-iyul kunlari biriktirilgan mikrohudud doirasida;
  • 1—25-avgust kunlari maktablarning imkoniyatidan kelib chiqib mikrohududdan tashqarida amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, 2020/2021-o‘quv yilida respublika bo‘yicha jami 650 116 nafar bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, pandemiya sharoitida ota-onalarning maktablarda to‘planib qolishining oldini olish maqsadida Toshkent shahrida 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni 5-iyuldan “qabul.maktab.uz” sayti orqali tajriba-sinov tariqasida onlayn navbat asosida amalga oshiriladi. Dastur Toshkent shahrida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa, keyingi o‘quv yilidan boshlab boshqa hududlarda ham bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, 1-sinfga qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • maktab direktori nomiga ariza;
  • bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
  • ota-onaning pasport nusxalari;
  • bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
  • bolaning 3,5 x 4,5 santimetr o‘lchamdagi 4 dona rangli fotosurati.
Ta’kidlanishicha, qabul amalga oshiriladigan yilning 31-avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, 1-sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish bilan bog‘liq savollar, taklif va shikoyatlar yuzasidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga murojaat etish mumkin.

“Ota-onalardan maktablarga tashrif davomida karantin qoidalariga qat’iy amal qilish hamda ijtimoiy masofa saqlash so‘raladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?