Google o‘zining qidiruv tizimiga hayvonlarning qo‘shimcha reallikdagi 3D modellarini tomosha qilish imkoniyatini qo‘shdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: University of Oregon

Yangi funksiya foydalanuvchilar orasida mashhurlikka erishdi, dasturchilar esa bu turdagi obyektlar qatorini kengaytirishda davom etmoqda. Iyun oxirlarida Google mobil gadjetlar orqali dinozavrlarni tomosha qilish imkonini berdi.

Hozircha o‘n turdagi dinozavr modellari mavjud:

  • Reks tiranozavri;
  • Velotsiraptor;
  • Tritseratops;
  • Spinozavr;
  • Stegozavr;
  • Braxiozavr;
  • Ankilozavr;
  • Dilofozavr;
  • Pteranodon;
  • Parazaurolofus.

Ta’kidlanishicha, Google AR o‘yinlar, Jurassic World Alive mobil o‘yinlaridagi hayvonlar modelidan foydalangan.

Jurassic World nomli yangi funksiyani ishga tushirish uchun ARCore’ga mos keladigan Android smartfon zarur. iOS’da foydalanish uchun esa iPhone 11 Pro kerak bo‘ladi. AR dinozavrlarni ishga tushirishni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.