So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12297.88
    • RUB 138.27
    • EUR 13496.92
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +11°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    O‘zbekistonda hokimlar va rahbarlar korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha malaka oshiradi

    30.06.2020, 23:10 16353

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-iyun, seshanba kuni odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektorda korrupsiyaga qarshi kurash borasida islohotlar muhokama qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, 143 ta davlat xizmati elektron shaklga o‘tkazilib, 35 ta idorada talab qilinadigan hujjatlar soni va xizmat ko‘rsatish vaqti 2 hissa qisqardi. Budjet xarajatlari, davlat xaridlari, yer, bino va inshootlarni oldi-sotdi qilish jarayonlariga oshkoralik va ochiqlik tamoyillari joriy etildi.

    O‘zbekiston Prezidenti 29-iyun kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil etish haqidagi farmonni qabul qildi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi

    Ma’lum qilinishicha, agentlik tarmoq va hudud rahbarlari bilan birga quyidagi vazifalarni amalga oshiradi.

    Birinchidan, barcha viloyat, tuman (shahar) hokimlari o‘z hududlarida, tarmoq rahbarlari o‘z tizimlarida agentlik bilan birga bir oy muddatda Korrupsiyadan xoli dasturini ishlab chiqadi. Bunda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash hamda sohalarni raqamlashtirish eng asosiy vazifa bo‘ladi.

    Ikkinchidan, korrupsiyaning oldini olishda ta’sirchan parlament va jamoatchilik nazorati yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, agentlik korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining holatini tahlil qilib, har yili Prezident va Oliy Majlis palatalariga milliy hisobot kiritib boradi.

    Shuningdek, agentlik keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan birga aholi va tadbirkorlarning korrupsiyaga munosabatini o‘rganib borishi va davlat idoralari faoliyatini baholab borishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda huquq-tartibot idoralari rahbarlari inson qadr-qimmatini hurmat qilish bo‘yicha o‘qitiladi

    Uchinchidan, korrupsiyaga qarshi kurashishda kadrlar tayyorlash masalasiga jiddiy e’tibor beriladi. Buning uchun Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkent davlat yuridik universitetida korrupsiya muammolarini o‘rganish bo‘yicha alohida o‘quv moduli, maxsus kafedra va magistratura mutaxassisligi ochiladi. Shuningdek, rahbar xodimlar, ayniqsa, hokimlarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

    Mavzuga doir: Shuhrat G‘aniyev viloyat hokimi sifatida pora olmaganini ma’lum qildi

    Shuningdek, mazkur yig‘ilishda O‘zbekistonda Oliy sud raisi va bosh prokurorning protest keltirish huquqi hamda advokatlikni boshlash uchun yosh mutaxassislardan 2 yillik yuridik staj talab etish bekor qilinishi ma’lum qilindi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Janubiy Koreyaga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

    Bugun, 15:53

    Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali to‘lov qilish tizimi ishga tushirildi

    Bugun, 15:37

    O‘zbekistonda 5 yillik ish staji bilan pensiyaga chiqish mumkinmi?

    Bugun, 15:30

    2022-yilda Yevropa Ittifoqining harbiy xarajatlari rekord darajada — 240 milliard yevroni tashkil qildi

    Bugun, 15:25

    Yil boshidan beri Hindiston deyarli har kuni tabiiy ofatlarga duch kelmoqda

    Bugun, 15:08

    Huawei va “Yuksalish” Umummilliy harakati “Bir million daraxt” doirasida navbatdagi ekoaksiyani o‘tkazdi

    Bugun, 15:00
    Reklama

    Estoniya Rossiya bilan chegarani yopishga tayyorligini ma’lum qildi

    Bugun, 15:00

    1-dekabrdan ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori ko‘tarilmoqda. Jarimalar qanchaga oshadi?

    Bugun, 14:50

    Ziroat Mirziyoyeva Qatarda “Sidra” tibbiyot majmuasida bo‘ldi (foto)

    Bugun, 14:43

    Qish mavsumida xonaki gullar parvarishi uchun lozim bo‘lgan 3 ta muhim qoida

    Bugun, 14:30

    Tavsiya etamiz

    Ta’ziyaga kelgan sobiq birinchi xonimlar, ish tashlagan o‘qituvchilar, muhtojlarga tayyorlangan kimchi — 29-noyabr suratlari

    23:00 / 29.11.2023

    Marsda yashashga tayyorgarlik, chiqindi qutisini titayotgan yigit, go‘zallik ma’budasi tug‘ilgan joy — 28-noyabr suratlari

    23:00 / 28.11.2023

    Uylariga qaytayotgan falastinliklar, butun boshli shaharni vayron qilgan to‘fon, Yangi yilga bezatilgan Oq uy — 27-noyabr suratlari

    23:00 / 27.11.2023

    Falastinliklar uchun ommaviy qabr, mehmonxonaga joylashgan kurkalar, Shukronalik kuniga bag‘ishlangan parad — hafta suratlari

    22:00 / 26.11.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.