Buyuk Britaniyada Aston Martin Volante V8 rusumli avtomobil sotuvga qo‘yildi.

Foto: Twitter

Mazkur avtomobil avval “Manchester Yunayted” va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Devid Bekhemga tegishli bo‘lgan.

Foto: Twitter

Transport vositasi o‘zining dastlabki DB1001 raqami bilan 486 ming yevroga baholangan. Avtomobil judayam yaxshi holatda. Bekhem uni 2018-yilda sotgan.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Ma’lumot uchun, 45 yoshli Bekhem futbolchilik faoliyati davomida “Manchester Yunayted”, “Preston Nort End”, “Real Madrid”, “Milan”, “Los-Anjeles Gelaksi” va PSJ klublarida to‘p surgan. U 2011-yilda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi deb tan olingandi.