Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 32-turida “Atletiko” 27-iyun, shanba kuni “Alaves”ni qabul qildi.
Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Madridliklar 59-daqiqaga kelib Saul Nigesning golidan so‘ng oldinga o‘tib oldi. 73-daqiqada Diyego Kosta penaltini aniq amalga oshirgan holda hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Bunga mehmonlar hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Xoselu tomonidan kiritilgan gol bilan javob berdi.
Shu tariqa Diyego Simeone shogirdlarining ochkosi 58 taga yetdi. “Matraschilar” 3-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi va eng yaqin ta’qibchisi “Sevilya”ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda.
La Liga
32-tur bahsi
27-iyun, shanba
“Atletiko” — “Alaves” 2:1
Gollar: 1:0 – 59 Saul, 2:0 – 73, penalti Diyego Kosta, 2:1 – 90+3, penalti Xoselu.“Atletiko”: Oblak, Trippyer, Savich, Ximenes, Lodi, Korrea (Diyego Kosta, 57), Tomas, Saul, Koke, Joau Feliks (Ferreyra Karrasko, 65), Morata (Lyorente, 57).
“Alaves”: Pacheko, Agirregabiria, Tachi, Eli, Marin (Rioxa, 78), Feysa, Mendes (Duarte, 62), Mahmud, Pere Pons (de la Fuente, 78), Aleish Vidal (Xoselu, 62), Berk (Kamarasa, 86).
Ogohlantirishlar: Tomas (40), Pere Pons (45), Marin (58), Savich (75), Koke (90).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)