Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

A-373 Toshkent—O‘sh yo‘lida Isuzu yuk mashinasi hamda Howo ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Xabarda qayd etilishicha, 25-iyun kuni soat 09:50 da Qamchiq maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining navbatchi-dispetcheriga ma’lumot kelib tushgan. Unda Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 250,5-kilometrida Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Howo’ga borib urilgan. Isuzu haydovchisi va salondagi yo‘lovchi tan jarohati olgan.

Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari voqea joyiga chiqib, tan jarohati olgan haydovchi va yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Birinchi tez tibbiy yordamdan so‘ng ular Pop tumani markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda