Ispaniya chempionatining 31-turida “Real” o‘z maydonida “Malyorka”ni mag‘lub etdi (2:0).

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 56-daqiqasida madridliklar himoyachisi Serxio Ramos jarima zarbasini aniq amalga oshirib, o‘zining joriy mavsumdagi (La Liga) 8-golini urdi.

34 yoshli ispaniyalik futbolchi shu tariqa milliy chempionatdagi shaxsiy rekordini o‘rnatdi. Uning avvalgi eng yaxshi natijasi yettita golga teng edi.

Ramos ushbu mavsumda klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 10 ta gol yozdirib qo‘ydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!