“Real” sardori Serxio Ramos himoyachilar o‘rtasida Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Foto: La Liga

Ramos Ispaniya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan “Real Sosyedad” qarshi o‘yinda (2:1) penaltini aniq amalga oshirib, Primeradagi gollari sonini 68 ta yetkazib oldi. Shu tariqa Ramos “Barselona” sobiq himoyachisi Ronald Kumanni (67 ta gol) ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Faqat “Real” sobiq himoyachisi Fernando Yerrogina Ramos va Kumanndan ko‘proq gol urgan. Uning hisobida 105 ta gol bor. Ammo Yerro gollarining aksariyatini yarim himoyachi pozitsiyasida o‘ynagan vaqtida urgan.

Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purar-himoyachilari:

1. Serxio Ramos (“Real”) — 68 ta gol (12 tasi penaltidan)

2. Ronald Kuman (“Barselona”) — 67 (46)

3. Fernando Yerro (“Real”) — 51 (19)

4. Roberto Karlos (“Real”) — 46 (2)

5. Pirri (“Real”) — 45 (16).

Mavzuga doir: Ramosdan Azargacha. Joze Mourinyo bilan murosa qilolmagan futbolchilar haqida

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!