Tailandda qo‘rqinchli nigohi bilan tarvuz qo‘riqlaydigan Marvarid laqabli mushuk Harper’s Bazaar nashri e’tiboriga tushdi.

Foto: Harper’s Bazaar

Mushuklar qancha jahldor bo‘lsa, ular shuncha kulgili bo‘ladi. Bunga amin bo‘lish uchun ushbu mushukka qarash kifoya, deyiladi xabarda.

Marvarid olti yildan beri Tailanddagi fermada tarvuz qo‘riqlaydi. Mushukning superkuchi uning insonni qo‘rqitadigan o‘qrayib qarashida.

Marvaridning egalari tarvuz terayotgan paytda kursiga qulay o‘rnashib oladi va qo‘riqchilikka kirishadi.

Foto: Harper’s Bazaar

U o‘z tashqi ko‘rinishi bilan o‘g‘rilarga yaxshisi unga yaqinlashmaslik kerakligini ko‘rsatadi. Biroq mushukning egasi u badjahl qiyofasiga qaramay, juda mehmondo‘st ekanligini aytadi.