Madridning “Real” jamoasi Toshkent vaqti bilan 25-iyunga o‘tar kechasi, soat 01:00 da o‘z uyida “Malyorka” bilan bahsga kirishadi.
Madrid klubi ustozi Zinedin Zidan ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatdan jarohat olgan Nacho, Lukas Vaskes kabi futbolchilar o‘rin olmagan. Shuningdek, Kazemiro sariq kartochkalari yig‘ilib qolgani sabab, bahsda ishtirok etmaydi.
“Malyorka”ga qarshi o‘yindagi g‘alaba Madrid klubini La Liga peshqadamiga aylantiradi.
O‘yin qaydnomasi bilan tanishing:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Ferlan Mendi, Xavi Ernandes.
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Federiko Valverde, Xames Rodriges, Isko.
Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Garet Beyl, Marko Asensio, Braim Dias, Mariano Dias, Vinisius Junior, Rodrigo Goes.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)