Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxti Moskvaga tashrifi davomida O‘zbekistonning mazkur shahardagi elchixonasi yaqinida joylashgan Islom Karimov xiyoboniga ham tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
“Prezidentimiz buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Moskvada o‘tkazilgan G‘alaba paradida qatnashish uchun 23-iyun kuni Moskvaga yetib bordi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Rossiya prezidenti G‘alaba paradiga kelgani uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston Prezident va harbiylari 24-iyun kuni paradda ishtirok etdi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 24-iyun kuni boshqa davlat rahbarlari bilan birga Moskvadagi “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi.
Izoh (0)